Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
165
kelishgan. Sam’oniy K.ning 2 ustozi va 14 shogirdi borligani qayd etib o‘tgan. Fiqh,
adabiyotshunoslik, Qur’on tafsiriga oid 7 asar yozgan.
KA’BA (arab. - kub, to‘rt burchak) - islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi.
Baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish - haj va umraning asosin
amallaridan biri.
K. Makkadagi eng katta Masjidi Haramning markazida joylashgan bo‘lib, 10x12x15 (bal.
15 m va poydevori 12x10 m) o‘lchamdaga bino. Odatda, K.ning usti qora mato (kisva)
bilan qoplangan bo‘ladi, unga Qur’onning Makka va hajga oid oyatlari zarhal bilan yozib
qo‘yilgan. K. devorining tashqi g‘arbiy burchagida "Qora tosh" ("Hajar al-asvad")
joylangan. Shim.-sharqiy devordagi eshik ham choyshab bilan qoplangan va yerdan
chamasi 2 m baland o‘rnatilgan. K.ning ichi tavof qilinganda devorga narvon qo‘yiladi.
Ichkarida uchta ustun bo‘lib, shiftiga sirlangan ko‘pdan-ko‘p chIroq osilgan.
Devorning eshik bilan "Qora tosh" oralig‘idagi qismi al-multazam deyiladi, uning yonida
Allohga ayniqsa yoqadigan duolar o‘qiladi. Shim.-g‘arbiy devorning tomidan tilla suvi
yugurtirilgan tarnov ko‘rinib turadi, u al-mizob yoki mizob al-rahma deb ataladi. Shu
tarnov bilan g‘arbiy burchak oralig‘i qibla hisoblanadi. Shim.-sharqiy devor yonidagi
yarim doira shaklidagi devor (al-xatim) al-hijr (yoki hijr Ismoil)ni to‘sib turadi, hojilar
tavof vaqtida bu joyga kiritilmaydi; Ibrohim (as) zamonida bu joy K.ning bir qismi
bo‘lgan; bu yerga Ismoil (as) va uning onasi Hojar dafn etilgan, deb rivoyat qiladilar.
Devor qarshisida maqom Ibrohim deb atalgan inshoot bo‘lib, undagi toshda odam izlari
ko‘rinadi. Aytishlaricha, Ibrohim (as) K.ni qayta tiklayotganida shu tosh ustida turgan.
"Qora tosh" yaqinida esa Zamzam bulog‘i bor. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (sav)
25-30 yoshlarida bu yerdagi ta’mirlash ishlarida qatnashganlar.
Odamatoning uchinchi o‘g‘li Shis (as) tomonidan qurilgan, Ibrohim (as) tomonidan
ta’mirlangan va Muhammad (sav) tomonidan kofirlardan tozalangan K. Yasrib
(Madina)da qibla deb e’lon qilingach, uning ahamiyati juda oshib ketdi (o‘shangacha
Kuddusga qarab ibodat qilinar edi). K. islomning alohida din sifatida shakllanishida
g‘oyat katta vazifani bajardi.
Muhammad (sav) boshchiligadagi musulmonlar 629 y.da Makkaga kichik haj qilgan, 630
y.da esa, ular Makkani egallab, Maryam va Iso (as) tasviridan boshqa barcha sanam va
tasvirlarni olib tashlaganlar, suvrat va yozuvlarni o‘chirganlar. 630 y.da Abu Bakr (ra)
boshchiligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etiladi. Muhammad (sav) 631 y.da haj
amallariga boshchilik qiladilar. Xalifa Umar (ra) davrida K. yonidaga uylar buzib
tashlandi va uning atrofida Masjidi al-Haram qurildi. 683 y.da K.ni Umaviylar qo‘shinlari
o‘qqa tutdi. Keyin u qayta tiklanib, kengaytirildi (va uning yoniga al-hijr qo‘shildi. 929
y.da Qarmatiylar Makkaga hujum qilib, "Qora tosh"ni olib ketdi. Oradan 20 y. o‘tgandan
keyin bu toshni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lindi. Asta-sekin K. tevaragida turli
inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. 20-a.ning
50-60-y.laridagi katta ta’mirlash vaqtida bu inshootlar olib tashlandi. K. butun dunyo
musulmonlarining eng muhim markazi va birlik ramzi bo‘lib keldi, hozir ham shunday
bo‘lib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida ahamiyatini
tan oladilar. Har yili dunyoning barcha mamlakatlaridan musulmonlar haj ibodatini ado
etish uchun bu yerga keladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: