www.ziyouz.com kutubxonasi
170
KUFR (arab.- satr, to‘smoq; inkor etmoq) -imonsizlik; Islomni tan olmaslik yoki uning
amallarini bajarmaslik. K.ga jiddiy gunohlar va jinoyatlar: shirk keltirish, namozdan voz
kechish, sehrgarlik, zinokorlik, o‘z joniga qasd qilish, ichkilikbozlik, qimor o‘ynash va b.
kiradi. Shuningdek, olimni o‘z obro‘siga ishonib mo‘min-musulmonlarni hak yo‘ldan
chalgatib boshqa yo‘lga boshlashi ham K.ga kiradi. K.ga munosabat islomning dastlabki
davridan boshlab turlicha bo‘lgan. 7-a.ning 2-yarmida xorijiylar ularga qo‘shshshagan
har bir musulmonni kofir, ya’ni dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7-
8-a. boshida murji’iylar tarkibidan "mo’tadil" oqim ajrab chiqib, ularning fikricha K. sodir
etgan kishi kofir bo‘lmaydi va u musulmonlar safidan o‘chirilmaydi, uning qilishi haqida
faqat Qiyomat kuni Allohgana hukm chiqara oladi. K. turi uchta:
1. Haqiqiy K. Dilida ham, tilvda ham o‘zining kofirligini iqror etish. Bunday odamlar
haqiqiy kofirlardir.
2. Inodiy K. Allohning haqligini, Muhammad (sav)ning haqiqiy payg‘ambar ekanligani
bila turib, qaysarlik qilib va arzimagan sabablarni ko‘rsatib imon keltirmaslik. Bunga
mal’un shaytonning va Abu Tolib (Muhammad (sav)ning amakilari)ning Klari misol bo‘la
oladi. Zero, shayton Allohning zotu sifatini yaxshi bila turib, Uning farmonini bajarmadi.
Odam (as)ga sajda qilmay tavqi la’nat va K.ga ega bo‘ldi. Abu Tolib esa, asosan, o‘z
qo‘lida o‘sib voyaga yetgan Muhammad (sav)ning rostgo‘yligi va haqiqiy
payg‘ambarligini yaxshi bilsa-da, tengqurlari, badavlat, nufuzli mushriklar oldida xijolat
bo‘lib qolmaslik uchun o‘shalar imon keltirmaguncha men ham imon kalimasini
aytmayman, deb olamdan o‘tdi.
3. Hukmiy K. Ba’zan shariatga xilof ishlarni qilish yoki kufr so‘zlarini bilib-bilmay gapirib
qo‘yish sababli K.ga hukm qilinuvchi holat. Mas., bir musulmon odam Qur’onni tepsa
yoki shariatni masxara qilsa yoxud "namoz farz emas", "to‘ng‘iz go‘shti harom mas" kabi
rad so‘zlarini aytsa, musulmonchilikning boshqa hamma ko‘rsatmalarini bajarayotgan
bo‘lsa ham, u kofir deb hukm qilinadi. Xoh haqiqiy, xoh hukmiy kofir bo‘lsin, umr bo‘yi
qilgan toat-ibodatlari bekor bo‘ladi, nikohi buziladi. Shunday holatga tushib qolgan
odamga yaxshi nasihat etib, tavba qilish va nikohini yangidan o‘kdtib olish tavsiya
etiladi. Hoz. vaqtda K. tushunchasidan mutaassib musulmon jamoalari (mas., "Ixvon al-
muslimun"), shuningdek, siyosiy kurashda (Eron-Iroq mojarosi) keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |