www.ziyouz.com kutubxonasi
154
bo‘lmagan kishilar, shaharning eng yaxshi faqihlari, ota-onasi J.ga qatnashishga rozilik
bermaganlar va qarz bergan kishining ruhsatini olmagan qarzdor J.dan ozod qilingan.
Urushayotgan tomonlarning o‘zaro munosabatlariga nisbatan J.ga ko‘ra raqib
qarorgohida ayollar va balog‘at yoshiga yetmaganlar musulmonlarga qarshi
kurashmayotgan bo‘lsa, ularni o‘ldirish man etilgan. Katta yoshdagi erkaklar harbiy
asirga aylantirilgan. Shu bilan birga hanafiylar bu qoidani harbiy ishga va avlod
(zurriyot) qoldirishga noqobil bo‘lgan kishilarga (keksalar, rohiblar va b.) tatbiq
etmaganlar. Harbiy asirlarga nisbatan imom uch xil yo‘l tutgan: qatl etish, tovon evaziga
ozod qilish, qulga aylantirish. Agar u harbiy asirni qatl etishga hukm qilmoqchi bo‘lsa, to
bu qaror amalga oshmaguncha asirni qiynoqkd solish va jismonan mayib qilishga hech
bir kimsaning haqqi bo‘lmagan. Islomni qabul qilgan asirlarni o‘ldirishga ruhsat
etilmagan. Barcha mazhablarga binoan musulmonlar yashaydigan hududga olib o‘tishni
iloji bo‘lmagan raqibning mol-mulki yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan (biroq chorva-mol
xususida yagona bir fikrga kelinmagan). Oxirgi paytlarda Yaqin va O’rta Sharkdagi ba’zi
diniy ekstremistik guruhlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda ko‘pincha J. so‘zi ishlatilmoqda
(mas., Misrdagi "Jihod", Livandagi "Islom jihodi" va h.k.). Aslida J. Alloh yo‘liga, islom
dinini yoyish maqsadiga butun kuch va imkoniyatlarni sarf qilish ma’nosini anglatib
kelgan va ba’zida muayyan shartlar bo‘lgandagina harbiy kuch ishlatishni ham taqozo
etgan. Shu ma’noda J.ni "muqaddas urush" deb talqin qilish odat tusiga kirib qolgan.
Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda J. ko‘proq "g‘azavot" nomi bilan ma’lum bo‘lgan. 9
- 10-a.lardan J. yanga mazmun bilan to‘ldirildi: Alloh yo‘lida o‘zni takomillashtirish
tushunchasi (ya’ni ma’naviy J.)ga 4 J. - qilich J.i, qalb J. i, qo‘l J.i va til J.i haqidagi
tasavvurlar qo‘shildi. Milliy-ozodlik harakatlari davrida J. goyasidan mustamlakachilikka
qarshi kurashda foydalanildi. Umuman, hoz. zamon musulmon nazariyotchilari J.ni
islomni tinch yo‘l bilan yoyish, uni tashqi tazyikdan himoya qilish uchun
musulmonlarning kuch va g‘ayratlarini safarbar etish vositasi deb ta’riflaydi. Mo‘‘tadil
islom (ahli sunna val jamoa) tarafdorlarining e’tiqodiga ko‘ra, kuch ishlatish - "kichik J.",
har bir mo‘min-musulmonning o‘z nafsi bilan kurashi va ma’naviy barkamollik yo‘lidagi
sa’y-harakati esa, "buyuk J." hisoblanadi. Hoz. kunda xalqaro maydonda islom dini bilan
niqoblangan terrorchilar J.dan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |