ISHOQ ibn IBROHIM ash-SHOSHIY (? -937) - faqih. Shoshda tug‘ilib, dastlab shu
yerda ta’lim olgan. So‘ngra Misrga borib qozilik ishlari bilan shug‘ullangan, ba’zi
idoralarni boshqargan. Shoshiy umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Uning "Fiqh
usuli" degan asari bo‘lgan. Bu asar "Usul Shoshiy" nomi bilan shuhrat topgan.
ITTIHOD (arab.- birlashish) - tasavvuf tushunchasi. So’fiyning jazavaga tushish
holatida xudo bilan ruhan "qo‘shilib ketishi" tushuniladi. So’fiylar xudoga bo‘lgan
muhabbat (ishq)ni I.ning zaruriy qismi deb qaraydi. I. turli davrda turlicha talqin
qilingan. Sunniy tasavvufda I. qatiy rad etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |