MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA
Ey ko‘ngillar dardining darmoni,
Ey yaratilishlar sultoni sen.
Ey risolat taxtining hotami,
Ey nubuvvat muhrining xotimi.
MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING KA’BA TA’MIR ETILGACH, HAJARUL
ASVADNI JOYIGA QO’YISHI
Ka’ba uzoq yillardan buyon yomg‘irlar, bo‘ronlar ta’sirida nurab, xarob holga kelib
qolgan edi. Ayniqsa, Baytning g‘arbiy devori cho‘kkan edi. Bir kuni tunda o‘g‘rilar u
yerdagi qimmatbaho ashyolarni olib ketgach, butun makkaliklar tashvishga tushib qoldi.
Ka’ba ta’mirga muhtoj edi. Butun Makka aholisi yig‘ilib, Uyni darhol qayta qurish lozim
ekanligini kelishib olishdi. Bayt Allohga daxldor muborak va muqaddas joy bo‘lganligi
bois bu dargohga ishlatiladigan qurilish ashyolari halol mablag‘ evaziga sotib olinishi
kerakligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng Qizil dengizda, Jiddaga yaqin joyda halokatga
uchragan Rum saltanatiga tegishli kemaning parchalarini va undagi ashyolarni sotib
olishga odam yuborishdi. Kemadagi ashyolar sotib olingach, Bayt qurilishi boshlandi.
Makka erkaklari kiyimlarini, peshbandlarini yelkalariga tashlab tosh tashir edi. Abulqosim
Muhammad alayhissalomning bolaligi va yoshliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |