Muhammad alayhissalomning
bolaligi va yoshliklari
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
Rasululloh (s.a.v.) yoz safariga amakisi Abu Tolib bilan borgan edi. Qishda boshqa
amakilari bilan Yamanga boradigan bo‘ldilar. Safar davomida ko‘rilgan g‘aroyibotlar
haqida amakisi Abu Zubayr shunday hikoya qiladi:
– Yaman yo‘lida bir vodiyga yaqinlashganimizda karvondagi bir erkak tuya har tomonga
tashlanib, hech kimni o‘ziga yaqinlashtirmay qo‘ydi. Hamma uni quturgan deb o‘yladi.
Inimning o‘g‘li Muhammad darhol tuyasidan tushib, o‘sha tuyaga yaqinlashdi. Bunga
ishonish qiyin edi – hozirgina o‘zini har tomonga tashlayotgan tuya o‘z-o‘zidan jiyanimga
itoat etdi. Buni ko‘rganlar hayratga tushdilar. Kelajakda Muhammadning (s.a.v.) nomi
va shoni ulug‘ bo‘lishini ta’kidladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: