M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


 Insulin dozasini hisoblash va yuborish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet423/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
9.2. Insulin dozasini hisoblash va yuborish
 
 
Har  kuni  yuborish  lozim  bo‘lgan  insulin  dozasini  bola 
ajratgan  bir  kunlik  siydik  miqdoriga  va  laboratoriyada  analiz 
qilib aniqlangan siydikdagi qandga qarab hisob-kitob qilinadi. 
Oldin  bola  bir  kecha-kunduzda  ajratgan  siydigidagi  qand 
miqdori  grammlarda  hisoblab  chiqiladi,  keyin  insulinning 


 
357 
sutkalik dozasi aniqlanadi. Sutkalik siydikdagi har 4-5 gr qandga 
bir birlik (B) insulin olinadi. 
 
Masalan:  Bola  bir  kecha-kunduzda  200  gr  qand  ajratadi. 
Demak,  u  bir  sutka  mobaynida  40  yoki  50  TB  insulin  olishi 
kerak. Insulin organizmga kichik dozadan boshlab kiritiladi, aks 
holda,  gipoglikemiya  vujudga  kelishi  mumkin.  Insulinning 
sutkalik  dozasini  bemorning  ahvoliga  qarab  2  yoki  3  martaga 
bo‘linadi. Shunday qilib, mazkur holda bolaga insulinni 20 TB 
dan 2 marta buyurish kerak bo‘ladi. 
 
Hisoblab  chiqilgan  insulin  yuborishning  asosiy  qoidalarini 
tibbiyot hamshirasi puxta bilishi kerak. Tibbiyot sanoati insulin-
ning turli xil preparatlarini – oddiy insulin hamda ta’siri uzoq 
davom etadigan insulin ishlab chiqarmoqda. Tibbiyotda ishla-
tilatiladigan  insulin  sut  emizuvchilarning  me'daosti  bezidan 
olinadi. Insulin spetsifik antidiabetik vosita hisoblanadi. Insulin 
organizmga kiritilganda qonda qand miqdori kamayadi, siydik 
bilan kam ajrala boshlaydi, diabetik koma holati bartaraf etiladi. 
 
Insulin ta’sir birlikda (TB) yoki internatsional birlikda (IB) 
dozalanadi. Asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:
 
1.  Tibbiyot  hamshirasi  qutidagi  va  flakondagi  yozuvlarni 
diqqat  bilan  o‘qib  chiqishi  zarur.  Odatdagi  insulin  tiniq  va 
flakonda 5 ml, har ml.da 40 TB bo‘ladi. 
 
2. Insulin faqat teri ostiga yuboriladi. U qonga so‘rilar ekan, 
inyeksiyadan  keyin  oradan  30-40  min  o‘tgach,  eng  yuqori 
konsentratsiyaga  yetadi,  shuning  uchun  odatdagi  insulinni 
ovqatlanishdan 15-20 min oldin yuboriladi. 
 
3.  Insulin  yuborish  uchun  yaxshisi,  maxsus  shprislarni 
ishlatish  kerak.  Bunday  shprislarni  ikkita  shkalasi  bo‘ladi: 
bittasida  preparat  hajmini  ifodalovchi  darajalar,  boshqa  shka-
lasida ta’sir birligini ko‘rsatuvchi darajalari bor. Insulin shpris-
lari 1 ml. va 2 ml bo‘ladi, 1 ml li shpris 40 ga bo‘lingan, ya’ni 
har  qaysi  bo‘linish  bir  birlik  insulinga  to‘g‘ri  keladi.  Bunday 
shpris insulin shprisi deyiladi. 
 
4.  Shprislarni  sterillaganda  tibbiyot  hamshirasi  zinhor  soda 
ishlatmasligi  lozim,  chunki  suvga  soda  aralashganda  insulinni 
yemirib  yuboradi,  nega  deganda  insulin  ishqoriy  sharoitda 
yemiriladi. 
 
5.  Insulinni  aniq  dozalash  lozim,  ya’ni  shprisga  shunday 
miqdorda  insulin  olish  kerakki,  ignaning  o‘tkazuvchanligini 


 
358 
tekshirib ko‘rgandan keyin shprisda buyurilgan dozaning aniq 
miqdori qolsin, chunki dozaning kamayib qolishi ham, ko‘payib 
ketishi ham, diabet bo‘lgan bolaning hayoti uchun xavfli. 
 
6.  Insulin  inyeksiya  qilinadigan  joy  (son,  yelka,  kurakosti 
sohalari, qorin va h. k) larni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turish 
kerak,  chunki  hadeb  bir  joyga  inyeksiya  qilinganda  teriosti 
infiltratlari va boshqa asoratlar kelib chiqishi mumkin. 
 
7. Bir shprisda ta’siri uzoq davom etadigan insulin va oddiy 
insulinni  yuborishiga  ruxsat  etilmaydi;  ularni  alohida-alohida 
yuborish kerak. 
 
8.  Tibbiyot  hamshirasi  insulin  dozasini  va  uni  yuborish 
vaqtini o‘zicha o‘zgartirishga haqqi yo‘q. 
 
9. Insulinni katta dozada yubormaslikka harakat qilish kerak. 
 
10.  Tibbiyot  hamshirasi  bolaga  insulin  qilgach,  15-20 
daqiqadan kechiktirmay uning ovqatlanishini ta’minlashi kerak. 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish