1.2. Tana og‘irligini o‘lchash
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: tarozi, xlorli ohakning 1% li eritmasi, 96
% li spirt.
3. Tarozidagi ilgak ochib qo‘yiladi.
4. Tarozi sozlanadi.
5. Bolaga tarozi maydonchasi o‘rtasiga turishni taklif
qilinadi.
6. Tarozi sozlanadi.
7. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.
8. Tarozi maydonchasiga ishlov beriladi. Go‘dak bolalarni
maxsus bolalar tarozisida, yaxshisi, emizishdan avvalgi ertalabki
soatlarda tortiladi (10-rasm). Bolani tortilayotgan mahalda tagiga
iliq yo‘rgak solish, tarozining pallasini har kuni sovunlab yuvib
qo‘yish va tarozining holati hamda ko‘rsatishlarining to‘g‘riligini
sinchiklab kuzatib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |