Profilaktikasi. Gemofiliya bilan og‘rigan bolalarni har
qanday travmadan ham ehtiyot qilish zarur, bunga ota-onalar,
o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasida sanitariya maorifi ishi olib
borish yo‘li bilan erishiladi. Maktab o‘quvchisiga avaylaydigan
alohida rejim belgilanishi (fizkultura mashg‘ulotlari, o‘yinlar va
boshqalardan ozod qilib qo‘yish), kasallik qo‘zib turgan vaqtda
esa mashg‘ulotlarni uyda uyushtirish zarur.
Kuniga 50–100 g dan yeryong‘oq yeb turish tavsiya etiladi,
bunda epsilon-aminokapronat kislota bo‘ladi.
O‘smirlarda kasb tanlashda gemofiliyasi bor kasallarni uzoq
yurish yoki tik turishga aloqador ishga qo‘yib bo‘lmasligini
hisobga olish zarur.
Gemofiliya bilan og‘rigan bemorlar dispanser nazorati ostida
bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |