M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

Profilaktikasi. Trombotsitopenik purpurada amalga oshirila-
digan  profilaktik  choralar  gemorragik  vaskulitdagi  choralar 
bilan bir xil.
 
Kasallikning  surunkali  formasida  bolalar  remissiya  davrida 
maktabga qatnayverishi mumkin, lekin ularni ruhiy va jismoniy 
travmalardan ehtiyot qilish, sport mashg‘ulotlari va o‘yinlaridan 
ozod qilib qo‘yish kerak.
 
Gemofiliya  –  qon  ketib  turishiga  irsiy  moyillikning  klassik 
shakli  bo‘lib,  bu  kasallik  bilan,  odatda,  erkaklar  og‘riydi. 
Kasallik  gemofiliyasi  bor  otadan  bunday  qaraganda  sog‘lom 
bo‘lib ko‘rinadigan qizi orqali nevaraga o‘tishi mumkin, o‘sha 
otaning  qizi  kasallikni  o‘tkazuvchi  kishi  yoki  boshqacha 
aytganda  t
аshuvchi  bo‘lib xizmat  qilishi  mumkin.  Gemofiliya 
patologik  jinsiy  xromosoma  bilan  tutashgan  retsessiv  belgi 
bo‘yicha nasldan-naslga o‘tib boradi.
 
Klinikasi.  Gemofiliyaning  belgilari  bola  hayotining  1-
yilidayoq  ma’lum  bo‘lib  qolishi  mumkin.  Ko‘pincha  badan 
terisining  kesilishi,  tilning  tishlanib  olishi,  tish  oldirish  va 
hokazo singari travmalarda anchagina qon ketadi, shuningdek, 
badanning  arzimas  darajada  lat  yeyishi  ham  teri  ostiga, 
muskullar  orasiga  ko‘p  qon  quyilib  qolishiga  sabab  bo‘ladi. 
Chivin  chaqishidan  ham  katta  qon  gematomasi  hosil  bo‘lishi 
mumkin. Gemofiliyaning xarakterli xususiyati bo‘g‘imlarga qon 
quyilib qolishi – gemartrozlar bo‘lib, ko‘pincha tizza, tirsak va 
boldir-panja  bo‘g‘imlari  zararlanadi.  Yangi  gemartrozlar  juda 
bezillab turadi va harorat ko‘tarilishi bilan birga davom etadi. 
Bo‘g‘imlarga takror-takror qon quyilishi natijasida zararlangan 
bo‘g‘imlarda  qisman  kontraktura  paydo  bo‘lishi  va  ularning 
shakli o‘zgarib qolishi mumkin.
 
Gemofiliya bilan og‘rigan kasalga qaraydigan tibbiyot xodimi 
ko‘z  qovoqlarini  ag‘darib  ko‘rish,  zond,  buj,  kateter  solish, 
yo‘g‘on  igna  bilan  venadan  qon  olish  yoki  igna,  skarifikator 
bilan ukol qilish singari muolajalar xatarli va hatto o‘limga olib 


 
195 
boradigan  darajada  qon  ketib  qolishiga  sabab  bo‘lishini  esda 
tutishi zarur.
 
Gemofiliyaning  uchta  formasi  –  A,  B  va  C  formalari 
aniqlangan bo‘lib, bular klinik ko‘rinishlari jihatidan bir-biridan 
farq qilmaydi, ammo laboratoriya ma’lumotlari jihatidan har xil 
bo‘ladi.
 
Shu  dard  bilan  og‘rigan  kasallarning  hammasida  qonning 
ivish vaqti anchagina uzaygan bo‘ladi, qon ketib turishi tufayli 
yuzaga  keladigan  anemiyani  aytmaganda,  qon  manzarasida 
boshqa hech qanday xarakterli o‘zgarish bo‘lmaydi.
 
Kasallik  siklik  tarzda  o‘tadi  –  qon  ketib  turadigan  davrlar 
nisbatan tinch davrlar bilan navbatlashib boradi.
 
Asoratlari. Gidrotoraks, bo‘g‘imlar kontrakturasi, muskullar 
ish faoliyatining buzilishlari, buyrakusti beziga qon quyilishi va 
hokazolar.
 
Oqibati.  Bemorning  batamom  sog‘ayib  ketishi  jihatidan 
olganda oqibat yaxshi emas, ammo yosh ulg‘ayib borgan sayin 
qon  ketib  turishi  kamroq  ifodalangan  bo‘lib  qoladi.  Hozirgi 
vaqtda  davo-profilaktika  tadbirlari  amalga  oshirilayotgani 
tufayli kasallik oqibati ancha yaxshilanib qoldi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish