M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

Klinikasi. Kasallik odatda asta-sekinlik bilan avj oladi.
 
Bolalarda anemiya yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir formalarda 
kechadi.  Anemiyaning  og‘irligi  qondagi  gemoglobin  miqdori 
bilan belgilanadi va u darajalarda ifodalanadi.
 
1.  Yengil  formasi  yoki  anemiyaning  I  darajasida  qondagi 
gemoglobin  miqdori  90  g/l  gacha  kamaygan  bo‘lib,  bolaning 
umumiy  ahvoli  qoniqarli,  lekin  shu  bilan  bir  vaqtda  teri 
qoplamlari, shilliq pardalarining rangi oqargan, ishtahasi past, 
bolaning avzoyi o‘zgargan bo‘ladi, yurak ichida eshitiladigan I 
ton  bo‘g‘iqlashgan,  bo‘yin  tomirlarida 
«pildiroq  shovqin» 
eshitiladi, jigar biroz kattalashadi. Eritrotsitlar soni 3,5–10 g/l 
dan kam, rang ko‘rsatkichi 0,7-0,75 bo‘ladi.
 
2.  O‘rtacha  og‘irlikdagi  anemiya  yoki  kasallikning  II 
darajasida  yuqorida  aytib  o‘tilgan  belgilar  yanada  yaqqolroq 
ko‘rinishga  ega  bo‘ladi.  Jigar  yana  ham  kattalashadi,  ba’zi 
bolalarda taloq ham kattalasha boshlaydi. Qondagi gemoglobin 
miqdori  60  g/l  gacha  kamayadi.  Eritrotsitlar  soni  3.0–10  g/l 
dan kam, rang ko‘rsatkichi esa 0,6-0,7 ga teng.
 
3.  Anemiyaning  og‘ir  formasi  yoki  III  darajasida  bolaning 
umumiy  ahvoli  anchagina  o‘zgaradi.  Teri  rangi  oqargan, 
mumsimon  yoki  sarg‘ish  tusga  kirib  quruqlashadi,  ko‘z 
qovoqlari va oyoq panjalari kerkib turadi, og‘iz burchaklari va 
lablar shilliq pardasida yoriqlar paydo bo‘ladi, bolaning gavdasi, 
yuzi,  qo‘1-oyoqlarida  nuqta-nuqta,  gohida  ancha  katta 
qontalashlar  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Muskul  kuchi  pasayib, 
ilvillab qoladi.
 


 
188 
Periferik  limfa  tugunlari  va  bodomcha  bezlari  kattalashib 
qoladi.  Bolaning  qorni  odatda  dam  bo‘lib,  jigari  bilan  talog‘i 
birmuncha kattalashadi. Tinch turganda ham bolalarda taxikar-
diya,  hansirash,  yurakda  sistolik  shovqin  borligi  aniqlanadi. 
Ishtaha keskin pasayib, hatto yo‘qolib ham ketadi (anoreksiya). 
Bola qayt qilishi, ichi suyuq keladigan bo‘lib qolishi mumkin.
 
Qondagi gemoglobin miqdori 60 g/l dan past, gohida 20-30 
g/l gacha, eritrotsitlar soni 3...0-2,5...10 g/l dan kam, goho 1,8-
10 1,5
·10 g/l, rang ko‘rsatkich esa 0,4-0,5 ga teng bo‘lib qoladi.
 
Asoratlari.  Anemiyalar  vaqtida  davolanmaganda  bolaning 
jismoniy  va  asab-ruhiy  rivojlanishdan  ortda  qolishiga, 
ikkilamchi infeksiyalar va kasalliklarga moyilligi ortishiga, jigar 
sirrozlarining  rivojlanishiga  va  boshqa  bir  qancha  og‘ir 
holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
 
Oqibati. Kasallik to‘g‘ri va o‘z vaqtida davolansa batamom 
tuzalib ketadi. Lekin yetarli e’tibor berilmasa, oqibati yomonlik 
bilan  tugashi  mumkin  (ayniqsa,  anemiyalarning  postgemor-
ragik, gemolitik va gipoplastik hamda aplastik turlarida).
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish