Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
atalgan.  Rim  aktyori  qullikdan  qutulgan  yoki  quldan  chiqqan  bo'lib,  yunon 
aktyoridan  past  ijtimoiy  mavqeda  turgan.  Buning  sababi  shunda  ediki,  Rim  teatri 
Dionis  marosimi  bilan  bog'liq  yunon  teatridan  farqli  o'laroq,  marosimlardan  xoli, 
deyarli  butunlay  dunyoviy  muassasa  sifatida  dunyoga  kelgan  edi.  Yunonistonda 
aktyorlik  kasbiga  mo'tabar  kasb  tarzida  qaralgani  holda  Rimda  tahqirli  kasb 
sifatida  qaralgan.  Shunga  qaramay,  Rimda  xalqning  hurmat-e'tiboriga  sazovor 
bo'lgan aktyorlar ham yetishib chiqqan. Fojea aktyor Ezo'p va komik aktyor Rossiy 
(mil.  av.1  asr)  shularning  eng  peshqadamlari  bo'lgan.  Ezo'p  o'z  o'yinining 
ulug'vorligi  bilan  diqqatga  sazovor  bo'lganligini  e'tirof  etadilar.  Hikoya 
qilishlaricha,  kunlarning  birida  u  podsho  Atrey  rolini  o'ynayotganda  rolga  shu 
qadar  kirishib  ketadiki,  yoniga  kelib  qolgan  bir  qulni  hassa  bilan  urib  o'ldirib 
qo'ygan  ekan.  Rossiy  o'z  rolini  uzoq  muddat  davomida  tayyorlar,  har  bir  imo-
ishora  ustida  muttasil  ishlar  ekan.  Zamondoshlarining  guvohlik  berishicha,  uning 
o'yini  jozibador  bo'lgan,  harakatlari  jo'shqinligi  bilan  e'tiborni  tortgan.  Rossiy 
san'atiga atoqli rim notig'i Sitseron yuqori baho bergan. 
Rimda birinchi bor teatr ishini antreprenyorlik, ya'ni, tijoriy maqsadlar asosida 
ma'lum  boshchi  —  xo'jayin  tashkilotchiligi  asosiga  qurish  tartibi  boshlanadi. 
Aktyorlar  antreprenyor  boshchiligida  shirkat  —  truppalarga  uyushadilar. 
Antreprenyor  ma'murlar bilan  kelishgan  holda  shirkat ishini  yuritgan va  o'zi bosh 
rollarni ijro etgan. Truppada xotin-qizlar bo'lmagan, ayollar rollarini ham erkaklar 
ijro etishgan. 
Mil. av. 55-yili Rimda toshdan ishlangan birinchi teatr binosi quriladi, unga 40 
ming  kishi  siqqan.  1  asrning  oxiriga  kelib,  yana  ikkita  teatr  binosi  quriladi.  Rim 
teatrida ham tomoshabinlar o'tiradigan joy yunon teatridagiga o'xshash yarim doira 
shaklida  bo'lib,  lekin  bir  necha  yarusdan  iborat  bo'lgan.  Orxestra,  ya'ni  yunon 
teatrida aktyorlar o'ynovchi yarim doira maydon Rim teatrida senatorlar o'tiradigan 
joyga aylantirildi, aktyorlar esa bir-bir yarim metr baland bo'lgan sahnada harakat 
qilgan.  Rim  teatrida  spektakl  boshlanishida  tepadan  pastga  tushirib,  tugagach, 
tepaga ko'tarib, sahnani berkituvchi pardadan foydalanilgan. 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish