Almashlab chatishtirish.
Bu chatishtirishda ikki mos zot qatnashib, har bug„inda zotlar nasldor erkak
hayvonlari almashib keladi. Ushbu chatishtirish usuli sermahsul, sharoitga yaxshi
moslashgan, hayotchan hayvonlar olish, ya‟ni geterozis ishtirok etishni, ba‟zi
hollarda yangi zot yaratishga imkon yaratadi.(anglo-normand ot zoti).
Monand zotlarni tanlash muhim ahamiyat kasb etib, chatishtirishda nafaqat sof
urg„ochi hayvonlardan foydalanib qolmasdan, chatishma urg„ochi hayvonlardan
ham foydalanish imkoniyati tug„iladi. Bunday chatishtirish chatishma
hayvonlarning asl belgilarini o„zida aks ettirishi bilan ajralib turadi. Ushbu
chatishtirishda samaraga erishish uchun zootexnika hisob-kitoblarini to„liq yuritish
kerak. Bu chatishtirish usuli ko„proq bug„inlar tez almashadigan-cho„chqachilik,
qo„ychilik va parrandachilikda keng qo„llaniladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |