A) Gomogen juftlash (bir xil), bir zot yoki poda ichida bir-biriga o„xshash
(yoshi, konstitutsiyasi, kelib chiqishi, mahsuldorligi va hokazo) erkak va urg„ochi
hayvonlarni juftlashga aytiladi va ota-onasiga o„xshash hayvonlar olinadi.
Juftlangan hayvonlar biologik va xo„jalik belgilari bilan qanchalik o„xshash
bo„lsa, shunchalik bir xil avlod olinadi. Bu juftlash bir xil hayvonlarni ko„plab olish
natijasida bir tipga mansub hayvonlar sonini ko„paytirish imkonini beradi va avlod
irsiy xususiyatlarini kuchaytiradi. Bir xil juftlashning eng oxirgi pog„onasi bo„lib
inbriding hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |