Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Parrandalarning biologik xususiyatlari



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

Parrandalarning biologik xususiyatlari.  Parrandalar sermahsul hisoblanadi, 
leggorn  zotli  tovuqlar    bir  ymlda  o„rtacha  260-280  dona  tuxum  beradi,  broyler 
jo„jalari  50-60  kunda  1,5-2,0  kg  nimta,  o„rdak,  g„oz,  kurka  jo„jalari  mo„l  go„sht 
berish qobiliyatiga ega. 
Ularning  tez  yetiluvchanligi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi,  ya‟ni  qisqa 
muddatlarda  mahsulot  olish  mumkin.  Leggorn  zotli  mokiyon  jo„jalar  5  oylikda 
tuxumga  kirsa,  broyler  va  o„rdak  jo„jalari  50-60  kunda  go„sht  uchun  so„yish 
mumkin. 
Parrandalarni  tez  ko„paytirish  imkoni  bor,  yoki  bir  tovuqdan  yiliga  250-300 
bosh  jo„ja  o„stirsa  bo„ladi.  Parrandalarda  embrion  tanadan  tashqarida  rivojlanishi 
munosabati    bilan  yilning  xohlagan  fasl  va  paytida  jo„ja  ochirib  ularni  o„stirish 
mumkin.  Ayniqsa  jo„ja  ochirishni  sanoat  asosida-inkubatorlarda  tashkil  qilish 
xohlagan payt, xohlagan miqdorda jo„ja olish imkonini beradi. 
Parranda  tuxumi  po„choq  bilan  o„ralgan  bo„lib,  u  tabiiy  hisoblanadi,  shu 
boisdan uni uzoq muddat saqlash va tashish imkoniyatlari mavjud. 
Parranda mahsulotlari boshqa chorva mahsulotlariga nisbatan arzon, chunki 1 
kg mahsulot ishlab chiqarishga eng kam oziqa sarflaydi, yoki 10 dona tuxum uchun 
2-3 kg, 1 kg semirish uchun ham 2-3 kg yem sarflaydi. 
Parrandalarning  biologik  xususiyatlaridan  biri  ularning  tana  harorati  yuqori  
42ºS,  hamda  yurak  urishi,  nafas  olishi  ancha  tez,  bu  hol  ularda  modda 
almashuvining jadalligini ko„rsatadi. 


 
255 
Parrandalarning 
ajoyib 
xususiyatlaridan 
biri 
ularni 
chegaralangan 
maydonlarda-qafaslarda  saqlab  yuqori  mahsuldorlikka  erishish  mumkin.  Bu  holat 
barcha parrandachilik mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish 
imkonini beradi. 
Parrandalar  galalarini  tez  almashtirish  imkoniyati  mavjud  bo„lib,  bu  hol 
parrandalar  mahsuldorligini  muttasil  oshirib  borish  imkonini  beradi.  Tuxum 
yo„nalishidagi sanoat galasi har yili almashtirilib boriladi. 
Parrandalarning  boshqa  qishloq  xo„jalik  hayvonlaridan  ustunlik  tomoni 
ularning  so„yim  chiqimining  yuqoriligi  hisoblanib,  75-80%  tashkil  etib;  olingan 
nimtaning 65-70% esa yeyishga yaroqli hisoblanadi. 
Suvda  suzuvchi  voyaga  yetgan  parrandalar  bo„rdoqilanganda,  ular  go„shtida 
yog„ nisbati 40% gacha yetib, kalloriyaligi yuqori bo„ladi. 
Parrandalarning  yana  bir  xo„jalik  uchun  foydali  hususiyati  ular  har  xil 
oziqalarni yeyish va hazm qilish hususiyatiga ega. 
Evolyusion  jarayonda  parrandalar  suyaklari  ingichkalashib,  qattiqlashgan, 
ularning orasida havo bo„shliqlari bo„lib yengil. Bu hol ularda gaz almashinuvi va 
nafas olishni kuchaytiradi. 
Ovqat hazm qilish tizimi ham boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan farqlanib 
ularda  tish  bo„lmasligi  natijasida  oziqalarni  chaynamay  yutadi.  Ularda  oziqalar 
qizilo„ngach  orqali  jig„ildonga,  undan  keyin  bezli  oshqozonga  o„tadi.  Ushbu 
oshqozonda  me‟da  shirasi  bilan  obdan  ishlagan  oziqa  aralashmasi  muskulli 
oshqozonga tushadi va eziladi, hazmlangan oziqalar ichaklarga o„tadi. Parrandalar 
ichaklari hayvonlar ichaklariga nisbatan bir necha marta qisqa bo„lib, oziqalar faqat 
6-8 soat davomida turadi. 
Embrion  rivojlanish  davrida  ikki  tuxumdon  ham  rivojlanib,  voyaga 
parrandalarda  tuxum  asosan  chap  tuxumdonda  paydo  bo„lib  ajraladi,  o„ng 
tuxumdon va tuxum yo„llari rivojlanmay qolaveradi. 
Tuxum sarig„i tuxumdonda shakllanadi, ovulyasiya natijasida u tuxum yuliga 
tushadi  tuxumning  qolgan  qismlari  (oqsili,po„chog„i)  tuxum  yulida  hosil  bo„ladi, 
ushbu  jarayonga  22-24  soat  vaqt  sarflanadi,  tuxum  tashqariga  chiqarilganda  0,5 
soatdan keyin navbatdagi ovulyasiya ro„y berib tuxum sarigi tuxum yo„liga tushadi, 
jarayon yana takrorlanadi. Tuxum hujayrasi tuxum otalanib, murtak tuxum sarig„i 
o„rtasida  joylashgan  bo„ladi.  Parrandalar  siydik,  jinsiy  va  tezak  chiqarish  a‟zolari 
birlashgan bo„lib tashqi chiqaruv teshigiga (kloaka) ochiladi. 
Erkak parrandalarda urug„don qorin bo„shlig„ida joylashgan bo„lib eyakulyat 
chiqaruv  a‟zosiga  tashlanadi.  Xo„rozlar  o„rtacha  eyakulyat  hajmi  0,3  mm  bo„lib, 
xo„rozdan  ajratilgan  tovuqlar  yana  10  kun  mobaynida  otalangan  tuxum  berishlari 
mumkin. 
Parrandalarda kurk bo„lish instinkti bo„lib tuxum bosib jo„ja ochishga imkon 
beradi.  Ushbu    xususiyat  madaniy  zotlarda  yo„qotilgani  uchun  yil  bo„yi  tuxum 
beradi. 


 
256 
Parrandalar tana tuzilishi xususiyatlari, mahsuldorlik va xo„jalik uchun foydali 
belgilariga qarab quyidagicha tavsiyalanadi: 
Tuxum yo„nalishidagi parrandalar; 
Tuxum –go„sht yo„nalishi parrandalar; 
Go„sht yo„nalishidagi parrandalar. 
Tuxum yo„nalishidagi parrandalar jussasi nozik, suyaklari ingichka va qattiq, 
muskul  to„qimalari  kuchli  rivojlanmagan,  patlari  qalin    va  mayin  bo„lib,    tanasi 
uchburchakni eslatadi. 
Go„sht  yo„nalishidagi  parrandalar  jussasi  yirik,  qo„pol  bo„lib,  suyaklari 
ingichka  va  bo„sh,  muskullari  kuchli  rivojlangan,  tana  tuzilishi  doira  shaklini 
eslatadi. 
Tuxum  go„sht  yo„nalishidagi  parrandalarda  ikki  yuqoridagi  parrandalar 
xususiyatlari  mavjud  bo„lib  oraliq  o„rinni  egallaydi,  tanasi  to„rtburchak  shaklni 
eslatadi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish