To‘ppalar bilan so‘qimlash. Qoramollarni so„qimlashda etil spirti, aseton
ishlab chiqarish chiqindilari hisoblangan don, kartoshka, makkajo„xori, javdar va
bug„doy to„ppasidan foydalanish mumkin. Boshlang„ich davrda hayvonlarga ozroq
nordon to„ppa berib yeyishga o„rgatiladi, haftaning oxiriga borib har bosh
hayvonga 40-50 kg ga shunday oziqa yediriladi. Hazmlanish jarayonini me‟yorda
saqlash va ishtahani yaxshilash maqsadida ratsion tarkibiga 3-4 kg dag„al oziqalar
va mineral oziqa qo„shilgan omixta yem kiritiladi.
Protein yetishmasa tarkibida azoti ko„p bo„lgan sintetik moddalar beriladi.
O‟rtacha kunlik o„sish 800-1000 gramm bo„ladi .
175
Do'stlaringiz bilan baham: |