Galma-gal chatishtirishda birinchi va ikkinchi zot buqalari almashib keladi.
Birinchi yili birinchi zot buqalari bilan chatishtiriladi, ikkinchi yil esa olingan
duragaylar birinchi zot buqalar bilan chatishtiriladi, kerak bo„lsa bu tadbir shu
navbat bilan davom etadi. Bu chatishtirish usuli ma‟lum sharoitda ijobiy natijalar
bergan xo„jaliklarda keng foydalanish mumkin.
Zot yaratish chatishtirishi bu usul ko„proq ma‟lum sharoitlarda reja asosida
zot yoki zot guruhlarini yaratishda ishlatiladi. Bu usulda 2 va undan ko„p bir-biriga
mos zotlar qatnashib, qo„yilgan maqsadga bosqichma-bosqich erishiladi. Ba‟zi
paytlarda ko„zlangan maqsadga erishilganda chatishtirish II yoki III to„xtatilib
duragaylar asosan o„zaro urchitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |