Hayvonlarning asosiy o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari.
O’sishning davriyligi va uning jadalligini yoshi va ulg‘ayishi bilan pasayishi.
Hayvon hayoti ma‟lum davrlardan iborat bo„lib, u faqatgina morfofiziologik
o„zgarishlar bo„lib qolmasdan, hayot sharoitlari ajralib turadi. Hayvon hayoti
embrional va postembrional davrlardan iborat. Birinchi davrda homila ona qornida
qondagi tayyor to„yimli moddalar bilan oziqlanadi, parranda embrioni esa tuxum
tarkibidagi oziqa zahiralari hisobiga yashaydi, bu sharoit homilani tashqi muhit
ta‟siridan ham asraydi. Tug„ilgandan keyin u butunlay boshqa olamda o„zini his
qiladi, havo, suv, sut, oziqaga muhtojlik bilan, o„rganmagan tashqi muhit ta‟siriga
duchor bo„ladi. Tashqi muhit sharoitlariga talab o„zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |