Vitamin B
s
(foliy kislotasi). Ushbu vitamin B1
2
vitamini va biotin bilan tanada
eritrosit va leykositlar hosil bo„lishida qatnashadi; uning yetishmasligi yetarli
miqdorda qizil qon tanachalari hosil bo„lmasligi natijasida anemiya kasalligi kelib
chiqadi. Uning yetishmasligi parrandalar o„sish va rivojlanishiga, tuxum
mahsuldorligiga va tuxumning inkubatsion sifatlariga salbiy ta‟sir qiladi.
Parrandalardan tashqari gipovitaminoz B
s
faqat emizatli urg„ochi cho„chqalarda
uchraydi.
Foliy kislotasi ko„k oziqalar, o„t talqonida ko„p uchraydi. Parrandalar va
cho„chqalar uchun sanoat tomonidan ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |