19-modda. Obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qu- rishga, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar Yuridik va jismoniy shaxslar obyektlarni rejalashtirish, loyihalash-
tirish va qurish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta
jihozlash hamda ishga tushirish paytida sanitariya qoidalari, normalari
va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
20-modda. Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, usku- nalar va transport vositalaridan foydalanishga doir talablar Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning, inshootlarning, davolash-
profilaktika, ta’lim, madaniyat, sport muassasalari hamda boshqa
59
muassasalar binolarining saqlanishini, shuningdek, uskunalardan, tran-
sport vositalaridan foydalanilishini sanitariya qoidalari, normalari va
gigiyena normativlariga muvofiq ta’minlashi shart.