F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Kommunal gigiyenada qo‘llaniladigan tekshirish usullari



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

3.1. Kommunal gigiyenada qo‘llaniladigan tekshirish usullari 
 
Kommunal gigiyena fanida, ilmiy izlanishlar va sanitariya ama-
liyotida quyidagi usullardan foydalaniladi.  
1.  Aholi yashash sharoitlarini sanitariya tekshiruvidan o‘tkazish va 
olingan natijalarni statistik qayta ishlab chiqish.  
2.  Gigiyenik tekshiruvlarni asbob-uskunalar yordamida o‘tkazish, 
ya’ni  harorat, namlik, havo bosimi va harakat tezligi, issiqlik, 
              
ultrabinafsha va infraqizil nurlarning jadalligini, yoritilganlik, shovqin 
intensivligi va boshqa fizik, kimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘lchash.  
3.  Gigiyenik tekshiruvlarni maxsus laboratoriya sharoitida yoki 
ularning yordamida o‘tkazish. Bularga ichimlik suvini, chiqindi suvlarni, 
yopiq xonalar havosini, atmosfera, tuproq va tashqi muhitning boshqa 
omillarining fizik-kimyoviy, biologik, bakteriologik, gelmintologik, 
toksikologik va radiologik usullar bilan tekshiruvlar kiradi.  
4.  Tashqi muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini fiziologik 
usullar yordamida aniqlash.  
5. Laboratoriya sharoitlarida tajriba o‘tkazish usullari (kameralarda, 
maxsus tajribaviy asbob-uskunalarda).  
6. Aholi yashash joylarining sanitariya sharoitlariga bog‘liq statistik 
sinov usullari bilan aniqlash.  
7.  Tashqi muhit ta’sirini aniqlash uchun aholining turli guruhlarini 
ommaviy ko‘rikdan o‘tkazish usullari. 
Kommunal gigiyena fanining asosiy maqsad va vazifalari -  uning 
alohida bo‘lgan 6 ta bo‘limida berilgan.  
1.  Suv va xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti gigiyenasi. Mazkur bo‘-
limda ichimlik suvining sifatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar, suv ta’-
minoti manbalari, ichimlik suvining sifatini yaxshilashning asosiy va 
maxsus usullari,  suv ta’minoti atrofida sanitar himoya mintaqasini tash-
killashtirishning gigiyenik asoslari, xo‘jalik ichimlik suv ta’minoti 
inshootlarining loyihlarini sanitar ekspertizadan o‘tkazish, tozalash 
qurilmalarini joylashtirish va ishlatish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan 
ta’minlovchi tarmoqlariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar o‘rganiladi.  
2. Suv obyektlarini sanitariya muhofazalash gigiyenasi. Ushbu bo‘-
limda suv havzalari suvlarining sifati masalalari, ularni xo‘jalik-ichimlik 
suvi manbasi sifatida ishlatish mumkinligi, xo‘jalik sanoat chiqindilarini 
tozalash usullari, kanalizatsiya inshootlari va uning sanitar-
epidemiologik ahamiyati, suv havzalari suvida kimyoviy moddalarni 


117 
 
gigiyenik reglamentlash  hamda suv havzalari suvining sifatini turg‘un 
saqlash maqsadida chiqindi-oqova  suvlarini tushirilishiga qo‘yiladigan 
gigiyenik talablar o‘rganiladi.  
3. Tuproq va aholi turar joylarini sanitariya himoyasi va sanitar to-
zalash gigiyenasi. Bu bo‘limda tuproqni kimyoviy va biologik moddalar 
bilan ifloslanish shart-sharoitlari  o‘rganiladi. Ifloslantiruvchi manbalar-
ning tuproq orqali yer osti suvlariga, atmosfera havosiga, o‘simliklarga 
o‘tib inson salomatligiga va turmush sharoitiga ta’sir ko‘rsatishi  o‘r-
ganiladi. Bo‘limda yana aholi yashash joylarida hosil bo‘ladigan qattiq 
chiqindi turlari, ularni zararsizlantirish usullari, tuproqning tozalik 
darajalari, tuproqda  me’yorlashtirish prinsiplari, suyuq chiqindilarni 
sanitar tozalashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar ham o‘rganiladi.  
4. Atmosfera havosini sanitar muhofazalash gigiyenasi. Bu bo‘lim-
da atmosfera havosini ifloslanishining qanday darajasi aholi salomat-
ligiga zararsiz ekanligi, aholi turmushining sanitariya-maishiy sharoit-
larini buzmaydigan holati, aholi turar joylari havosi tarkibida iflos-
lantiruvchi moddalarning gigiyenik me’yoridan oshib ketish darajasini 
vujudga kelishini oldini olish maqsadida atmosfera havosini iflos-
lantiruvchi manbalarni joylashtirishga va ishlatilishiga qo‘yiladigan 
gigiyenik talablar, atmosfera havosini sanitar muhofazalashga qaratilgan 
profilaktik chora-tadbirlar, atmosfera havosining tozalik darajasini 
nazorat qilish usullari, atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni 
gigiyenik me’yorlashtirish o‘rganiladi.  
5. Turar joy, umumjamoa, madaniy-maishiy va davolash profilakti-
ka muassasalari, sport va sog‘lomlashtirish muassasalari gigiyenasi. 
Bunda turar joy binolari ichki omillarining inson uchun optimal darajasi 
(havo harakati, nisbiy namlik, havo harorati, xonaning radiatsion rejimi), 
davolash profilaktik muassasalarini loyihalashtirish, obodonlashtirish va 
jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar, madaniy-maishiy muassasalarni 
(hammom, kirxona, sartaroshxona, kinoteatr, teatr, sirk va boshqalar) 
loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar, 
sport inshoaolarini (suzish havzalari, sport komplekslari va zallari) 
loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar 
qaraladi.  
       6. Aholi turar joylarini loyihalashtirish (rejalashtirish, joylashtirish) 
gigiyenasi bu bo‘limda aholi turar joylarini rejalashtirishda tabiiy-iqlim 
sharoitlarining ahamiyati va ularni rejalashtirishda hisobga olish, aholi 
turar joylarida funksional mintaqalar, aholi turar joylari hududlarida 


118 
 
seliteb mintaqani rejalashtirish va qurilishga qo‘yiladigan gigiyenik 
talablar, aholi turar joylaridagi fizik omillar (tebranish, shovqin, elektro-
magnit maydoni va b.), qishloq aholisi turar joylarini rejalashtirishning 
o‘ziga xos tomonlari o‘rganiladi. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish