F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

2.9. Joriy sanitariya nazorati 
 
      Sanitariya-epidemiologiya   muassasalarining     barcha  bo‘limlari  va 
bo‘linmalari  tomonidan   amalga oshiriladi.  Joriy sanitariya  nazorati 
SEOAlarining kundalik olib borayotgan faoliyatlarini belgilaydi. Ularga 
asosan quyidagilar kiradi: 
      1.  Mehnat    (tarbiya,    o‘qitish)    sharoitlarining    sanitariya  -  gi-
giyenik  jihatdan  o‘rganish, ishlab chiqarish sharoitiga gigiyenik 


108 
 
jihatdan baho berish (texnologik jarayonning xarakteri, ishlab chiqa-
rish jarayonini 
mexanizatsiyalanganlik darajasi, ishlab chiqa-
rish jihozlari va apparatlarning holati, sanitariya texnik qurilmalar va ji-
hozlar bilan ta’minlanganlik va boshqalar). 
        2.   Tashkilotlar,   kommunal   muassasalar,   o‘quv   yurtlari,   bolalar 
muassasalari,  ishlab  chiqarish,  jamoat  va  madaniy - maishiy binolar-
da sanitariya-gigiyenik  normalar va qoidalarga rioya  qilinishi  bo‘yicha 
doimiy, muntazam ravishda laboratoriya nazoratini olib borish. 
        3.  U   yoki   bu   salbiy omillarni aniqlash, ularni kamaytirish va  ob-
yektlarning holatining  yaxshilash bo‘yicha chora  -  tadbirlar ishlab 
chiqish. 
       4. Ishchilar, xizmatchilar, bolalar va o‘smirlar orasidagi kasallanish 
shikastlanish   hollarini   o‘rganish,   kasbiy   zaharlanish, kasbkasallik-
larini  oldini   olish   va   profilaktikasi   bo‘yicha   chora  tadbirlar ishlab 
chiqish. 
       5.  Profilaktik ko‘riklarni tashkil etish va ularni  o‘tkazish,  o‘smirlar 
va ayollarni ishlashlari ustidan sanitariya qonunchiligiga qattiq rioya 
qilinayotganligi bo‘yicha nazorat o‘rnatish. 
      6.    Bolalar va o‘smirlarning normal jismoniy rivojlanishi uchun 
ularning salomatligini mustahkamlovchi va to‘laligicha fiziologik 
talabalarga javob beruvchi sharoitlarni har tomonlama, chuqur 
o‘rganish. 
      7.  Maktabda, bolalar muassasalarida bolalarning kun tartibini va 
ularni  o‘qitishni gigiyenik qoidalarga mos kelishligini nazorat 
qilish. 
      8.   Havo, suv, suv havzalari va tuproq holatini gigiyenik jihatdan 
o‘rganish va nazorat qilish. 
      9.  Chegaralarni sanitariya muhofazasini ta’minlash. 
      10. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish, ularni tashish, saqlash, 
hamda    sotish    davrida    sanitariya  gigiyena qoidalariga rioya  qili-
nishini ta’minlash. 
      11.  Aholini ratsional  ovqatlanishini tashkil  etish  bo‘yicha tadbir 
choralar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish. 
      12.  Korxona ishchilarini sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha 
kompleks tadbirlar ishlab chiqish va ularni o‘tkazish. 
      13.   Belgilangan  rejada,    jamoa       shartnomalarida       ko‘rsatilgan 
sog‘lomlashtirish   tadbirlarining   bajarilishi   ustidan nazorat  o‘rnatish 
va   ushbu   tadbirlarning   samaradorligini o‘rganish  hamda sanitariya 


109 
 
gigiyenik  me’yorlarga  mos  keladigan   sog‘lomlashtirish  bo‘yicha 
“reja-vazifa”ni ishlab chiqish va tavsiya etish. 
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, sanitariya-epidemiologi-
ya xizmati muassasalari, sanitariya vrachining faloyatini asosiy qis-
mini joriy sanitariya nazorati (JSN) tashkil etadi. JSN rejali, maq-
sadli va kompleks tarzda olib borilishi lozim. 
SEOA o‘z ishida quyidagi asosiy ish usullarini qo‘llaydi: 
—   nazorat qilinayotgan obyektni sanitariya holatini yozish usuli; 
—   laboratoriya va asboblar bilan tekshirish usuli; 
     Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati, atrof muhit omillarining 
inson organizmiga ta’siri, odamlarning yashash va xo‘jalik sanitariya 
sharoitlari, yuqumli  va  yuqumsiz  kasalliklar,  aholi  demografi-
yasi ma’lumotlarini ishlab  chiqish  va  o‘rganishga asoslangan statistik 
usul. 
Sanitariya tekshiruv natijalari yakunida shu obyektning tekshiruv 
maqsadiga muvofiq tavsiyalar berish uchun dalolatnoma tuziladi. 
Tekshirilayotgan obyektni sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lsa, muddat-
lari ko‘rsatilgan holda kerakli tadbirlar o‘tkazish talab qilinadi. 
Ular bajarilmaganda Bosh davlat sanitariya vrachi yoki uning muovini 
O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya epidemiologik oso-
yishtaligi to‘g‘risida”gi  qonunga, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeks”ga asosan ma’muriy chora qo‘llaydi. 
Davlat subyektlari ustidan sanitariya nazorat davlat sanitariya nazo-
rati vazifalari bo‘yicha bepul o‘tkaziladi, xususiylashtirilgan korxonalar 
va xususiy tijorat tizimlari ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan 
mahsulotlarni laboratoriya nazorati, ularga ko‘rsatilayotgan sanitariya - 
epidemiyaga qarshi xizmatlar pullik asosda o‘tkaziladi. 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligini huquqlari: 
SEOA o‘z oldilaridagi vazifalar, to‘laqonli bajarish uchun,  muassa-
sa uning rahbaridan tortib, har bir xodimlarigacha keng miqyosi-
dagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan huquqlar berilgan. 
Respublika va hududiy davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtali-
gi agentligi quyidagi huquqlarga ega: 
• xodimlar    mehnatini    rag‘barlantirish    maqsadida    budjetdan 
tashqari mablag‘lardan foydalanish; 
• davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat masalalarini hal 
etish uchun shartnoma asosida ilmiy tadqiqot institutlari, filiallar, 


110 
 
yetuk   mutaxassislar, shu   jumladan  chet  el mutaxassislarini shartnoma 
asosida ishga jalb etish; 
• qonunchilikda belgilangan tartib bo‘yicha tashqi iqtisodiy 
faoliyat olib borish, banklar va boshqa kredit muassasalarida valyuta 
hisob raqamiga ega bo‘lish; 
• O‘zbekiston Respublikasi  qonunchiligiga zid bo‘lmagan holda 
o‘z   tarkibida tegishliy tashkiliy-huquqiy formadagi ishlab chiqa-
rish muassasasiga ega bo‘lish; 
• tegishli   muassasalarda   amaldagi   qonunchilikka   zid  holdagi  
buyruq va farmoyishlarni bekor qilish; 
Respublika    sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi yuqo-
ridagilarga qo‘shimcha ravishda quyidagi huquqlarga ega: 
•  O‘zbekiston    Respublikasining    Sog‘liqni  Saqlash      Vazirligi 
 sanitariya  -  epidemiologiya muassasalarining boshqaruv tizimining  
isloh qilish, takomillashtirish, rag‘batlantirish, moddiy-tex-
nik bazasini   mustahkamlash   mutaxassis   kadrlarni   tayyorlash  bo‘yi-
cha takliflar berish; 
•   joylardagi   SEOA   va   Davlat   hokimiyat   organlari,  tashkilot, 
muassasalar    va birlashmalardan,  mulkchilikni shaklidan qat’iy 
nazar    belgilangan    tartibda    Respublikan    davlat    sanitariya 

epidemiologiya markazi vazifalaridan kelib chiqqan holda kerak-
li axborotlarni talab qilish va olish; 
•   O‘zbekiston Respublikasi hududida, hamda qo‘shni davlatlar-
dagi sanitariya-epidemiologiya holati bilan bog‘liq bo‘lgan masa-
lalarni O‘zbekiston   Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qoshidagi  
favqulodda epidemiyaga qarshi komissiyada ko‘rish uchun masa-
lalar kiritish. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish