F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Nazorat savollari 
  
1. Gigiyena haqida tushuncha, uning maqsadi va vazifalari? 
2. Sanitariya me’yorlari, qoidalari va reglamentlar haqida tushuncha? 
3. Obyektni qanday maqsadda sanitar tekshirishidan o‘tkaziladi? 
4. Obyekntning sanitar tavsifiy sxemasi nima asosida tuziladi. 
5.  Sanitar tavsiflashdan tashqari, obyektni tekshirishda yana nimani 
nazarda tutish kerak? 
6.  Obyektni sanitar tekshirishdan o‘tkazish necha qismdan tashkil top-
gan? 


106 
 
2.8. Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati 
 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  agentligi  o‘z faoliyatida 
 ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratini olib boradilar. 
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati, sanitariya nazorati ishi-
ning barcha tarmoqlari; maishiy-kommunal, jamoat binolari, dam olish, 
o‘quv binolari, bolalar muassasalari, jismoniy-tarbiya va sport inshoot-
lari, sanoat korxonalari, ishlab chiqarish sexlari, agregatlarni qayta 
jihozlash, texnologik jarayonga o‘zgartirishlar kiritish, yangi texnologik 
jihozlarni, texnologik jarayonlarni ishga tushirish va boshqalar, hamda 
aholi turar joy binolari qurilishini rejalashtirish va obodonlashtirish va 
hokazolarda olib boriladi. 
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati quyidagi asosiy elementlar-
ni o‘z ichiga oladi: 
 
1.   Barcha loyihalashtirilayotgan obyekt inshootlarni ro‘yxatga 
olish. 
2. Qurilish uchun ajratilgan yer maydonlariga rozilik berish. 
3. Qurilish (qayta qurish) obyekti, inshootining loyihasini ko‘rib 
chiqish, gigiyenik xulosa berish va tasdiqlish. 
4. Qurilish (qayta    qurish) mobaynida obyektning tasdiqlangan 
loyihaga mos holda qurilayotganini muntazam nazorat qilish. 
5. Qurilgan (qayta qurilgan),  qayta jihozlangan obyektni,  inshoot-
larni qabul qilishda ishtirok etish. 
6. Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati sanitariya-gigiyenik muhit-
da,  atmosfera havosi, suv havzalari, tuproqni muhofazalash va aholini 
ichimlik suvi bilan ta’minlanish bo‘yicha ham olib boriladi, ya’ni 
atmosfera havosini (suvni,   tuproqni)  ifloslantiruvchi  barcha  muassa-
salarni, jumladan, sanoat korxonalari,  sanoat va maishiy-xo‘jalik 
manbalarini to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish. 
— Statsionar punktlarda tashqi muhitning sanitariya holatini 
nazorat qilish bo‘yicha laboratoriya tekshiruvini tashkil etish 
va olib borish. 
—  Aholining    kasallanish    darajasining   va  unga  ta’sir  etuvchi 
atmosfera havosini (suv havzalari va manbalarini, tuproqni) 
muntazam reja asosida sanitariya-gigiyenik holatini o‘rganish. 
– Yangi  texnik tozalagichlar, usullarni  ishlab  chiqish va ularni 
 sanitar-gigiyenik jihatdan sinovdan o‘tkazish. 


107 
 
–  Ifloslanishni oldini olish va yo‘qotish bo‘yicha sanitariya-
gigiyenik vazifalarni belgilash: atmosfera havosini (suvni, tuproqni) 
ifloslanishdan  himoyalash yuzasidan vazirliklar,  tashkilotlar,   xo‘-
jaliklarga sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan 
tadbiriy rejali vazifalarni taqdim etish. 
    7.  Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini olib borish davomida bar-
cha sanoat  xomashyolari,  oziq - ovqat  mahsulotlari, kiyim kechaklar, 
sovun, maktab partalari, bo‘yoqlar va  boshqa aholi salomatligiga salbiy  
ta’sir  etishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallarga  sanitariya-gigiye-
nik  normativlar, me’yorlar, qoidalar  va  davlat  standartlarini  (DavSt) 
o‘rnatadi. 
8.    Kimyo va   kimyo    sanoati    ishlab chiqarayotgan   eng  so‘ngi, 
yangi    kimyoviy  mahsulotlar, kimyoviy xomashyolarni gigiyenik 
baholaydi va davlat standartlarini belgilaydi. 
        9.   Barcha yangi ishlab chiqarilayotgan biologik preparatlarni 
(tirik va  o‘lik vaksinalar, tashxislovchi zardoblar, profilaktika va da-
volash  maqsadida ishlatiladigan   bakteriofaglar, toksinlar, anatoksin-
lar,  gamma  globulin,  kolibakterin,   antifagin,   barcha   antibiotiklar, 
lyumenessent   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   antitelalar, allergenlar,  tok-
soplazmoz prepa-ratlari, fibrinolizin va boshqalar) sanitariya-gigiye-
nik normalari va qoidalariga mos kelishi ustidan nazorat  o‘rnatish  va 
ularni eng yuqori darajadagi zararsizligini ta’minlash. Preparatlar bar-
cha ko‘rsatkichlar bo‘yicha talab darajasida bo‘lganida institutlarning 
bakterial nazorat bo‘limi (BNB) yoki zavodlarning texnik nazorat 
bo‘limi (TNB) tomonidan preparatlarning har bir ishlab chi-
qilayotgan seriyasiga, uning idishida preparatning ishlatilishi, 
uni tayyorlagan institut (zavod), tayyorlangan sana, ishlab chi-
qilgan preparatning miqdori, uning xususiyati, davlat nazoratidan 
o‘tganligi va uning seriyasining tartib raqami ko‘rsatiladi. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish