II.II. Ulug‘bek Hamdamning “Musulmon”, “Tosh” hikoyalarida inson
tasviri
Badiiy adabiyot markazida har doim inson turgan. Ijtimoiy siyosiy hayot ana
shu inson orqali tahlil qilib berilgan. Zero, adabiyot-insonshunoslikdir, degan baho
bekorga berilmagan. Adabiyotda inson kontseptsiyasi juda katta murakkab
muammodir. Ayniqsa, bu jarayon yangicha tafakkurdagi qo‘zg‘alishlar,
uyg‘onishlar tufayli o‘zbek adabiyotida kashfiyotlar yaratmoqda.
Tabiatda agar oftob Sharqdan chiqib G‘arbga botsa, badiiy asarlarining
yorug‘lik manbai inson kontseptsiyasidan boshlanib yana u bilan yakunlanadi. Bir
so‘z bilan aytganda, badiiy asarlarning barcha unsurlari inson kontseptsiyasidan
bahra oladi, hayot suvini ichadi. Inson – eng bebaho va benazir ma’naviy –
intelektual qadriyat.
San’atkor asarlaridagi zamon va qahramon masalasi xalq hayoti va axloqi,
millat ma’naviy madaniyati bilan uzviy bog‘liqlikda zohir bo‘layotganligi boisidan
ham ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi izi, ta’siri, o‘rni va ahamiyati sezilarlidir.
Agar, e’tibor bersak, milliy istiqlol sharoitida erk-ozodlik ideallarini odamlar
tabiatidagi, faoliyatidagi, millat ma’naviyatidagi shakllanish jarayonlarini
ko‘rsatish adabiyot va san’at ahllari oldida turgan eng muhim vazifalardan
hisoblanadi. Bu narsa, tabiiyki, milliy istiqlol mafkurasining ma’naviyat asoslarini
mustahkamlash ishiga xizmat qiladi.
Har bir davr o‘z qahramonlarini yaratadi, degan aksiomaning yana bir
tasdig‘ini guvohi bo‘lamiz.
I.Sulton haqli ravishda ta’kidlaganidek, adabiyotdagi yangilik hayotdagi
yangilikni payqab olishdan boshlanadi. Hayotning adabiyot taqdiriga ta’sir yo‘llari
ko‘p. Masalan, adabiyot boshi berk ko‘chaga kirib qolganida hayot uni o‘zi
qutqaradi: hayot o‘zi unga yangi qahramonlarni hadya etadi. Yozuvchining,
40
adabiyotning vazifasi shu yangi qahramonni vaqtida ko‘ra bilish va ko‘rsata
bilishdan iborat
16
, deydi adib.
Insonshunoslik badiiy adabiyotning eng asosiy vazifasidir. Badiiy adabiyot
ming yillardan buyon insonni har taraflama tahlil qiladi. Uning ijtimoiy-siyosiy
xatti-harakatini, ma’naviy-axloqiy dunyosini, ruhiy olamini tafakkur prizmasidan
o‘tkazadi.
Badiiy adabiyot insonga go‘zallik nuqtai nazaridan yondoshadi: uning
quvonchu fojealarini tasvirlash bilan odamzod haqida falsafiy xulosalar, hukmlar
chiqaradiki, bu jarayon har qanday talantli asarda badiiy-estetik xulosaga aylanadi.
Ulug‘bek Hamdamning “Musulmon” hikoyasi quyidagi epigraf bilan
boshlanadi: “Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylag‘ay, Oncha borkim,
Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylag‘ay”. Bu epigraf Alisher Navoiy qalamiga mansub
bo‘lib, bu parcha asarning g‘oyasini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Epigrafdan so‘ng tabiat tasviri aks etadi. “Ko‘klam keldiyu hovlidan bir qushcha
ketmas bo‘ldi. Avvallari e’tibor qilmagan ekanmi, Husan endi unga ko‘zi tushadi:
qushcha goh u, goh bu daraxtga tanda qo‘yadi. Gullash paytida esa boshiga oq
ro‘mol tashlagan o‘rikdan ayrilmay qoldi. Bo‘shadi, deguncha deraza qarshisida
mixlangancha o‘tiradigan, uzun-uzun xayollar suradigan sherigini Hasan o‘ng‘ay
har fursatda bir yanib oladi. Hozir ham shunday bo‘ldi: “Hm-m, tag‘in qo‘zg‘ab
qoldimi darding? Undan ko‘ra majlisingni o‘ylamaysanmi?”
Asardagi tabiat tasviri ham inson dunyosi, qarashlarini ochish uchun xizmat
qiladi. Husanning qushchaga avval bee’tibor bo‘lganligi, uni esa endi ko‘rib
turgandek hayrat bilan boqishi ham inson dunyoqarashini ko‘rsatib beradi. Hasan
va Husanning xarakteri tabiat orqali ko‘zga yaqqol ko‘rinadi.
Asardagi bu egizaklar Islom universiteti talabalari bo‘lib, bu ikkisi doim
diniy masalalar bo‘yicha bir-biri bilan tortishadi. Qushga termulib turib, Hasanga
haqligi, endi u bilan diniy masalada tortishmasligini aytadi. Hasan esa undan
xursand bo‘ladi, o‘zining to‘g‘ri fikr yuritayotganidan mamnun bo‘ladi. Shayh
Ahmad Junaydning darsiga borishlari kerakligini Hasan alohida Husanga
16
Иззат Султон
,
Тарих ва замонавийлик
,
“Гулистон” журнали
,
1981. 1-сон, 17-бет.
41
ta’kidlaydi. Darsga shoshilayotgan Hasanning telefoni chaqiradi, telefonda
otasining kasalligini aytishadi. Egizaklar qishloqqa otalarini yoniga shoshilishadi.
Uydan chiqib ketayotganlarida bitta chiroyli qushcha endi ikkitaga aylanadi.
Qushchalar bir-biriga judayam o‘xshardi, xuddi egizaklardek.
Yo‘lda ovqatlanishga to‘xtashganda, egizaklar ovqatlanishmasdan nomoz
o‘qishadi, shunda Husan daraxtdagi haligi bir juft qushchani ko‘radi. Namoz
o‘qish haqida egizaklar yana tortishib qoladi. Shunda Hasan bir rivoyat aytadi.
Uning hikoyasiga ko‘ra, bir musulmon kishi aeroportda namoz o‘qib, samolyotdan
kech qolibdi. Sal fursat o‘tib, u chiqmagan samolyot halokatga uchrabdi. Namoz
uni shu falokatdan qutqarganini aytadi.
“ – Bunday misollar bilan namozni ulug‘lamaslik kerak, - tortishmayman
degan qarorini bir lahza unutib bahsga kirishdi Husan. – O‘sha samolyotda,
ehtimol savobi ko‘proq, qalbi pokroq, insonlar ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin-ku
yoki norasida, begunoh go‘daklarga nima deysan?... Bu – qismat, peshonaga
yozilgan yoziq. Namozning ahamiyatini bu tarzda bo‘rttirib ko‘rsataman dema,
Hasan... Istasang, men ham shunga o‘xshash bir hikoya aytib beray, - joynamozni
yerga to‘shab Hasanga yuzlandi Husan. – Bir ishbilarmon yigit xorijga ketadigan
bo‘lib qolibdi. Uyda yolg‘iz qolayotgan onasi zorlanibdi: “Negadir yuragim g‘ash,
bolam, shu gal bormagin...” O‘g‘il bir ishini, bir onasining gapini o‘ylab axiyri
ketishga qaror qilib, aeroportga jo‘nabdi. Lekin kechikibdi: samolyotga o‘tqazish
jarayoni yakunlanib, eshiklar yopilgani uchun chor-nochor uyga qaytib o‘z
xonasiga kirib yotib olibdi. Ona bu xonada televizor ko‘rib o‘tirgan ekan,
“Xabar”larda o‘g‘li kechikkan samolyotning havoda portlab ketgani haqida aytib
qolishibdi.
Onaizor hayajon bilan qo‘shni xonaga – o‘g‘lining qoshiga chopibdi.
- Qara, bolam, aytmabmidim ko‘nglim g‘ash deb, sening samolyoting... –
onaning gaplari bo‘g‘zida qotibdi: ne ko‘z bilan ko‘rsinki, navqiron yigitning joni
chiqib, polda so‘layib yotgan ekan... – Hasan. Hamma gap taqdiri azalda.
Odamning qazosi yetgan bo‘lsa, samolyotdami, yerdami, farqi yo‘q... O‘sha
namozxonning tirik qolishida namozning emas, lavhul mahfuzning...
42
- Ko‘chadagi iymonsizning gapini gapirma, Husan! – jahli chiqdi
Hasanning. – Kim aytadi seni Islom universiteti tolibi deb? Dunyoda hech bir
narsa bejiz sodir bo‘lmaydi”
17
.
Egizaklar tortishib, namozni o‘qib bo‘lib, mashinaga o‘tirib, qishloqlariga
ravona bo‘lishadi. Ota-onasini ko‘rishadi. Husan boqqa chiqib yana haligi
qushlarni ko‘radi. “Nomi nimaykin bularning, qaldirg‘och bo‘lib qaldirg‘ochmas,
bulbul bo‘lib bulbul. Bir aftlari momosovg‘aga o‘xshaydi, boshqa tarafdan
to‘rg‘ayni yodga soladi. O‘zimizning beozor musichayu qumridan ham nimadir
bordek. Lekin, ajab, ularning hech biri emas. Hammasiga o‘xshasayam baribir
boshqa qush bular!”
18
.
Asardagi goh detal, goh peyzaj tasvirini burayotgan bu –qushlar inson tasviri
va xarakterini ochishda ahamiyat kasb etadi. Bu qushning nomi ham berilmaydi.
Husan o‘xshatib, o‘xshashini topa olmaydi. Asarni o‘qigan o‘quvchi go‘yo bu
qushlarni ruh deb o‘ylaydi. Chunki qushlar Husan qayerga borsa boradi, uning
ortidan soyadek ergashadi. Bo‘layotgan noxush hodisadan xabardor etadi. Go‘yoki
qushlar Hasan va Husan munosabatini ko‘rsatib berayotgandek.
Ota-onasining yonidan qaytgan egizaklar masjidga namoz o‘qish uchun
borishadi. “Aka-ukalarning o‘rtasida bir xil vaziyatda o‘tiravergan qariyaning
oyoqlari tolib uyushib qoldi, shekilli, dam sayin qo‘zg‘alib qo‘ya boshladi. Yana
anchagacha shu zayilda vaqt kechirib, axiyri, tagiga yig‘ilgan ozg‘in oyoqlariga
dam berish maqsadida ro‘parasiga uzatdiyu yengil tortib, “shukr” dedi. Ammo
xuddi shuni kutib turgandek bir quchoq narsa tepadan yoshullining uzatgan oyog‘i
ustiga tap etib tushdi... Kuchli og‘riqdan bo‘lsa kerak, qariya ohlab yubordi.
Tushgan narsa bino shipiga bezak uchun yopishtirilgan ganj ekanki, o‘z og‘irligini
ko‘tarolmaganidanmi yo naridan beri yopishtirilganidanmi, har holda vaqt-soati
kelgan ekanki, ko‘chibdi. Bir pasda g‘ala-g‘ovur boshlandi. “Nima bo‘ldi?” deya
shu tomonga bo‘ynini cho‘zdi imom. “Tepadan ganj tushdi”, deyishdi yaqinverda
o‘tirganlar birvarakayiga. “Hech kimga ziyon yetmadimi?” yana so‘radi voiz.
17
Улуғбек Ҳамдам, Ватан ҳақида қўшиқ, Тошкент, Академнашр. 2014 йил, 504-бет
18
Улуғбек Ҳамдам, Ватан ҳақида қўшиқ, Тошкент, Академнашр. 2014 йил, 505-бет
43
“Aytarli hech gap yo‘q”, dedi negadir ovozini baland qo‘yib Hasan. Xuddi lat yedi,
desa amrima’ruf to‘xtab, hamma uy-uyiga tarqaydigandek”
19
.
Hasan obrazi butun bir vujudi bilan islom diniga berilgan inson. U faqat
namozni, dinni o‘ylaydi. Ularni hamma narsadan ustun qo‘yadi. Dinga berilib
ketganidan atrofidagilarning holatiga ham e’tibor bermaydi. U uchun din, namoz
hamma narsadan ustun. Husan Hasandan farq qiladi. Uni tabiatga, insonlarga
mehri bo‘lakcha. Har bir insonning dardiga sherik bo‘lgisi, yordam bergisi keladi.
Hatto o‘sha qariyaga achinadi. Uning dardiga sherik bo‘ladi. Oyog‘i singan cholni
tashqariga olib chiqishadi. Hasan esa cholni daraxt tagida qoldirib, o‘zi masjidga
oshiqadi. Chol ham ularni masjidga borib, namozni vaqtida o‘qishlari kerakligini
uqtiradi. Hasan masjidga qarab yo‘l oladi. Husan esa cholni kasalxonaga olib
boradi.
“— Namoz boshlanib qoldi, Husan! – toqatsizlandi Hasan. – Namoooz!.. —
Hasan, qara amakini… hushini yo‘qotdi…— Namoz deyapman men senga,
Husaaan!
—
Baqirdi
Hasan,
—
iymoningni
boy
berma!..
— Agar o‘laman deb yotgan shu kishiga hozir yordam bermasam, iymonimni aniq
boy beraman, Hasan!.. – ovozini baland qo‘ydi Husan ham. — O‘zingni o‘tga
cho‘qqa urganing bilan iymon Ollohdan! U bersa bor, bermasa, yo‘q ekan,
tushundingmi!..— Kofir bo‘lma! Yur namozga! Iymonimizni saqlab qolaylik!..—
O‘zing kofir bo‘lma! Yur, anavi kishining jonini saqlab qolaylik!..— Shayx
hazratlari aytadiki…—so‘zlari og‘zida qoldi Hasanning.— Shayx hazratlarini
qo‘y, Hasan, sen o‘zing nima deysan, shuni gapir! Qachon sen Hasanning gapini
aytasan?!.. — bo‘g‘ildi Husan. – Birovning iymoni bilan yashash mumkinmi?..
Tavba… qarab tursam, sening musulmonliging masjidning ichidagina bor, darvoza
hatlab tashqariga chiqishing bilan esa kimligingni bilib bo‘lmaydi, Hasan!..”
20
.
Parchadan ko‘rinadiki, Hasan bilan Husanning o‘rtasida yer bilan osmoncha
farq bor. Hasan iymonni namoz va masjidda deb hisoblaydi. Husan esa iymonni
insoniy fazilatlarda deb hisoblaydi. Hikoyaning oxirida bu egizaklarning asl
19
Улуғбек Ҳамдам, Ватан ҳақида қўшиқ, Тошкент, Академнашр. 2014 йил, 506-бет.
20
Улуғбек Ҳамдам, Ватан ҳақида қўшиқ, Тошкент, Академнашр. 2014 йил, 507-бет.
44
qiyofasi o‘sha yuqorida aytib o‘tkanimiz ikkita qushcha asosida yaqqol namoyon
bo‘ladi.
Ulug‘bek Hamdam bu hikoyasi orqali insonlardagi insoniy fazilatni
ulug‘laydi. Insonning iymonini butligi namoz va masjidda emas, odamiylikda
ekanligini Hasan va Husan obrazlari misolida ko‘rsatib beradi.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |