Rasm asosida tasviriy ifodalar ro‘yxatini tuzing va davom ettiring.
59
IV FASL.
MADANIY NUTQNING GRAMMATIK VA
PUNKTUATSION ME’YORLARI
16- mavzu. ORTIQCHA QO‘SHIMCHALAR
16.1- mashq.
Matnni tinglang. Siz matnga qanday sarlavha qo‘ygan bo‘lar edingiz?
Ikkinchi tinglashda ortiqcha qo‘shimchalarni aniqlang.
RIVOYAT
Keksa donishmand o‘z nabirasiga shunday hayotiy haqiqatini so‘zlab berdi:
– Har bir inson qalbida ikki kuch doimiy kurashishadi. Bu xuddi ikkita
bo‘rining olishuvisiga o‘xshaydi. Bo‘rilarning birisini bejizga yovuzlik timsoli
deyilmaydi: unda hasad, xusumat, g‘araz, alam, adovatsizlik, behurmatsizlik xud-
binlik, yolg‘on kabi illatlari mujassam. Ikkinchi bo‘ri esa ezgulik va yaxshilikni
timsoli: unda mehr, muhabbat, saxovat, sadoqat, umid va ishonch kabi fazilatlar
jamlangan. Har ikkisi o‘zaro murosasiz, betinimsiz olishadi.
Bobosining so‘zlaridan g‘oyat ta’sirlangan nabira biroz o‘ylanib turgach
so‘raydi:
– Oxirisida qaysi bo‘rini yengadi?
Donishmand tabassum bilan shunday javobni berdi:
– Qalbingdagi qaysi bo‘rining ko‘proq parvarishlasang, o‘sha yengib chiqadi.
16.2-mashq.
Nuqtalar o‘rniga zaruratga qarab qavs ichidagi qo‘shimchalardan
mosini qo‘ying.
Mamlakat ishi…(-ga, -da, -dan) nafi eng ko‘p tegadigan toifa uch xildir:
birinchi…( -dan, -si, -ga) bilimli, donishmand kishilar, turli kasb egalari bo‘lsa,
ikkinchi…(-dan, -si,-ga) botir, she’ryuraklardir. Ular bo‘ri – yov…(-ni, -ga,
-da) qarshi kurash paytida asqatadi. Nihoyat, uchinchi guruh…(-dan, -ni ,-ga)
so‘zamol kotiblar tashkil etadi.
Dono, zakovat…(-mand, -li, ser-) kishilar qiyin muammolar…( -da, -ni, -ga)
hal etishda yordamga keladi.
Botirlar qo‘li…(-da, -ni, -dan) qilich tutguday bo‘lsa, yov titroq…(-ga, -ka, -qa)
tushadi. Yozuvchi-kotib esa el ishi…(-ning, -ni, -da) osonlashtiradi. Undan
mashaq qat tugunlari yech…(-in, -il, -ish)adi. (Yusuf Xos Hojib)
60
16.3- mashq.
Har bir qatorni nomlab, undagi ortiqcha qo‘shimchalarni olib tash-
lang.
Namuna: 1) kelishik shakllari: -ga, -ning, -dan, -da, -ni, -ka.
1) -ga, -ning, -(i)m, -dan, -lar, -da, -ni, -ka;
2) -paz, -bon, -soz, -ish, -chi, -don, -zor, -kash;
3) -li, -(v)iy, -simon, -shunos, -siz, no-, -mand, -dor;
4) -ta, -da, -(i)nchi, -in, -tadan, -ala, -incha, -ov;
5) -ar, -giz, -(i)n, -cha, -t, -(i)l, -loq, -tir;
6) -lab, -larcha, -goh, -cha, -ona, -b, -an, -chasiga.
Nazariy matn
Qo‘shimchalarning ortiqchaligi nutq madaniyatiga salbiy ta’sir qiladi. Masa-
lan, o‘nta o‘quvchilar birikmasida ko‘plik qo‘shimchasi ortiqcha. Yoki qo‘llanib
kelinmoqda emas, qo‘llanib kelmoqda deyish to‘g‘ri. Qо‘shimchalarning
takroriy ligi, ortiqcha qо‘shimcha – nutq uchun „yuk“ hisoblanadi.
Qo‘shimcha qo‘llashda ham nutqiy tejamkorlikka rioya qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: