56
15.2- mashq.
Nuqtalar o‘rniga berilgan ifodalarga mos so‘zlar qo‘ying.
1. Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida barpo
etilgan „Shon-sharaf muzeyi“da birinchi o‘zbek generali – ...... ning o‘n tonnalik
haykali qad rostladi. 2. Bu kun nafaqat II jahon urushi qatnashchilari, balki ..... –
afg‘onchilar holidan ham xabar olindi. 3. Insoniyat tinchligi uchun jonini qurbon
qilganlar poyiga kelajak bunyodkorlari – ..... gulchambarlar qo‘yishdi. 4. Davlatimiz
sarhadlarida tinim bilmay sergak turgan tinchlik himoyachilari – .... va kun-u tun hal-
ovatimizni ta’minlayotgan osoyishtalik posbonlari – ..... hamisha hurmat-e’tiborga
loyiqdirlar. 5. Yurtimiz tinch ekan, musaffo osmonda tinchlik elchilari – .....
qanot qoqib uchaveradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: