Paxta tozalash zavodi - ishlab chikarish tarkibiy rivojiga ega bo‘lgan sanoat
korxonasi hisoblanadi. Paxta tozalash korxonasida nisbatan kam bo‘lgan sanoat ishlab
chiqarish personalii (200-250 kishi) band bo‘lsada, u ishlab chiqaradigan mahsulot
hajmi yetarlicha katta mikdoriy summani tashkiletadi.
Zamonaviy paxta tozalash korxonasi to‘liq elektrlashtirilgan bo‘lib, ilgor
texnika va texnologiya bilan jihozlangan texnologik jarayon yordamida tayyor
mahsulot ishlab chiqarishda paxta xom ashyosini tayyorlashni ham a malga
oshiradi. Uzbekiston respublikasida 99ta paxta tozalash korxonalari faoliyat yuritib,
uning tarkibiga 600dan ortiqroq paxta tayyorlash maskanlari ham kiradi.
Ish joyi korxonaning quyi qismi bulib, bu yerda mehnat jarayonida bitta yoki
bir-birlari bilan bog‘liq bulgan bir qancha ishchilar guruhi mehnat qiladi. Ish joyi
ixtisoslashtirish darajasi va ishlab chiqiladigan mahsulot tavsifiga kura paxta
tozalash korxonasi ishlab chiqarishning ommaviy tipiga mansub bulib, bir xil
tupdagi mahsulot ishlab chiqaradi.Asosiy ishlab chiqarishdagi mehnat predmetini
harakatlanish shakliga kura esa uzluksiz oqim tipiga majburdir.
Uzluksiz – oqimi ishlab chiqarishning ommaviy tipi bilan birikkanligi
ishchilar mehnatini yetarlicha ixtisoslashishiga, asbob uskunalarnin qatiy ravishda
belgilangan texnologik jarayoning bajarishga moslashishiga, ishlab chiqarish
quvvatidan samarali foydalanish va texnologik jarayonni tuliq avtomatlashtirishga
imkon yaratadi. Bularni barchasi yuqori mehnat unumdorlikni va ishlab chiqarish
xarajatlarini pasayishini ta‘minlaydi.
Zamonaviy paxta tozalash korxonasini ishlab chiqarish tuzilmasi korxonaning
texnologik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Paxta tozalash zavodining asosiy ishlab chiqarishiga korxonaning asosiy
texnologik vazifalarini bajaruvchi – quritish, jin, linter,tozalash va preslash
bulimlari kiradi. Yordamchi – xizmat kursatuvchi bulimlariga – arra,tiklash –
mexanik va energiya ta‘minotlari xujaliklari hamda bulimlari kirib, ular asosiy
ishlab chiqarish bulimlari faoliyatini uzluksizligini ta‘minlaydi.
Qushimcha sex va bulimlar tarkibiga urug‘lik chigit tayyorlash hamda ishlab
chiqarish chiqindilarini qayta ishlovchi(chiqindilarni regenasiyalovchi) sexlar
kiradi. Ushbu ishlab chiqarish tuzilmalari asosiy ishlab chiqarish tuzilmalariga
bog‘liq bulmagan hoda faoliyat kursatadi.
Paxta tozalash korxonalarida xizmat kursatuvchi bulinmalar tarkibiga ombor,
transport,yong‘inga qarshi va laboratoriya xujaliklari kiradi.
Shuningdek bulardan tashqari paxta tozalash korxonalarida ishlovchilarga
xizmat kursatadigan quyidagi tashkilotlar uy-joy xujaligi, medisina, madaniy-
oqartiruv va shu kabi boshqalar ham faoliyat yuritadi.
Paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishning sexli tuzilmasi mavjud emas.
Amalda texnologik jarayon, paxta xom ashyosini asosiy ishlab chiqarishga uzatib
berishdan tortib, tayyor mahsulot - tola toyini olguncha jarayon bir uzluksiz va
yuklangan oqimda ketma-ket ravishda bog‘langan har xil ish joylaridan iborat
bulgan yagona bulimdan utadi.
Yordamchi – xizmat kursatuvchi bug‘inlarda sexlar mavjud emas. Ular
mamuriy tuzilmaga ega emaslar va alohida hisobot yuritmaydilar. Usta yoki
brigadir tomonidan boshqariladi.
Paxta tozalash korxonasining tarkibiy tuzilmasini ajralib turadigan
tomonlaridan biri – bu uning tarmog‘iga tayyorlov tarmog‘ining qushilganligidir.
Kuplab paxta xom - ashyosini tayyorlash maskanlari quritish qurilmalari, tozalash
uskunalari va energetika va transport moslamalari bilan jihozlangan quritish
tozalash sexiga (QTS) egadir.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish va
boshqaruv apparatini ixchamlashtirish uchun kuplab yunalishlar buyicha ishlar olib
borilmoqda. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir.
-oraliq bug‘inlarni qisqartirish, bulimlar va boshqa bulimlarni yiriklashtirish,
baravar ish bajarayotgan boshqaruv apparati organlarini tugatish,
- mayda ishlab chiqarish bug‘inlarini tugatish,korxona sex va bulinmalarni
yiriklashtirish,sanoat korxonalarini boshqaruvining sexsiz tizimiga utish,
- Ta‘mirlovchi, materiallarni bichish, chiqindilarni qayta ishlash, transport
xizmatlari va shu kabilar buyicha qator korxonalarga xizmat kursatish uchun
markazlashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlarini tuzish.
- ishlab chiqarishda axborot va EHMlardan foydalanish,
- rejalashtirish va hisobot shakllarini soddalashtirish va qisqartirish,
- sanoat ishlab chiqarishni boshqaruv ilg‘or tajribasini urganish,
umumlashtirish va keng miqyosda yoyish.
Tashkiliy, texnika-mashina, mexanizm va asboblarni takomillashtirish vositalarini tadbiq
etish hozirgi bozor va texnika taraqiyotlari sharoitida, ayniqsa qa‘tiy zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |