Paxta tozalash korxonasini boshqaruv tuzilmasining vazifalari. Korxona
rahbarining majburiyatlari va huquqlari uz navbatida qonuniy tartibga va meyoriy
aktlarga
javob
beradigan
akyiyadorlar
jamoasining
ustavi
bilan
belgilanadi.Korxona rahbari unga muvofiq ishlab chiqarish va moliyaviy xujalik
faoliyatiga rahbarlik qilish yuzasidan berilgan huquqlar asosida quyidagilarni
ta‘minlash lozim buladi.Ishlab chiqarish hamda belgilangan nomenkulatura va
assortimentda mahsulot yetkazib berish rejalarini bajarish, ishlab chiqarishga
yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish mehnatni tashkil
etishni yaxshilash, muntazam ravishda mehnat unumdorligini oshirish va
tannarxni kamaytirish, foydani oshishni ta‘minlash, korxonani davlat byudjeti,
mahsulot yetkazib beruvchilar va istemolchilar oldidagi barcha majburiyatlarini
yaxshilash.
Uz faolitida yagona rahbarlik tartibiga rioya qilib, muntazam ravishda ishlab
chiqarish kengashlarini utkazish, ularda ishlab chiqarish rejalari, yangi
texnikaning joriy etish rejalarini va boshqa muhim masalarni muhokama etish
kerak.
Sexlar, ishlab chiqarish bulinmalari, xizmatlar, bulimlar, xujaliklar va
boshqa tarkibiy bulinmalar korxona rahbari tasdiqlagan nizomga binoan faoliyat
kursatadi.
Paxta tozalash korxonalarining rahbari bosh muxandis orqali ishlab chiqarish-
texnika qismiga, tayyorlov bo‘limi boshlig‘i orqali paxta tayyorlash faoliyatiga
rahbarlik qiladi.
Bosh muxandis paxta tozalash korxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosaridir. Uning
faoliyat doirasiga ishlab chiqarishni rivojlantirishning joriy va istiqboliy rejalarini
belgilash, ishlab chiqarishga texnik rahbarlik, texnologiya jarayonni yangilash,
uskunalar samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab
chiqarishda mehnatni tashkil etish va uning xavfsizligini ta‘minlash, korxonaning
materiallar, ehtiyot qismlar va asboblarga ehtiyojini anikdash hamdaulardan
foydalanishni nazorat qilish kiradi.
Korxonaning bosh mexanigi vazifasi doirasiga barcha texnologik va energetik
uskunalarning, barcha mashina va mexanizmlarning tuxtovsiz va unumli ishlashini
ta‘minlash kiradi. Uning zimmasiga xarakatdagi uskunalarni o‘z vaqtida sifatli
ta‘mirlash va modernizasiyalash hamda yangi uskunalarni montaj qilishni ta‘minlash
yuklanadi.
Bosh mexanikka ta‘mirlash-mexanika ustaxonasi va ta‘mirlash brigadasining
brigadiri bo‘ysunadi. Smena boshlig‘i (ustasi) to‘la xukuqli rahbar hamda ishlab
chiqarish va mehnatning bevosita tashkilotchisi bo‘lib, o‘z bo‘g‘inida ishlab chiqarish
rejasining bajarilishi uchun javob beradi.
Ustalarga ishlab chikarish bo‘g‘inlarida ishchilarni ishga qabul qilish va joy-
joyiga qo‘yish, sex boshlig‘ining (paxta tozalash korxonasida bosh muxandisning)
tasdiklashi bilan ortiqcha, shuningdek, ishlab chikarish yoki mehnat intizomini
buzuvchi ishchilarni ozod etish, ishchilarga belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif
razryadlarini berish, alohida o‘rnak ko‘rsatgan ishchilarni mukofotlashga va
rag‘batlantirishning boshqa turlariga tag‘dim etish xukuqi berilgan. U ishlab chikarish
va mehnat intizomini buzuvchi ishchilarga intizomiy jazolar berish, ishlab chikarish
me‘yorlarini muntazam bajarmayotgan va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l
qo‘yayotgan ishchilarni past haq to‘lanadigan ishga o‘tkazish huquqiga ega.
Usta ishchilarni nosoz uskunada, shuningdek, sifatsiz xom-ashyo va
materiallarda ishlashiga yo‘l ko‘ymasligi lozim. Korxona rahbarlari ustalarni ularga
xos bo‘lmagan xo‘jalik vazifalari va har xil ko‘shimcha ishlar bilan band qilmasligi
kerak.
Usta ishlab chiqarishning bevosita tashkilotchisi sifatida o‘z ish bo‘g‘ini
bo‘yicha mehnat unumdorligining oshishi va mahsulot birligiga ishlab chikarish
xarajatlarining kamayishini ta‘minlash shart. Uning vazifasiga ish bo‘g‘ini va ishlab
chikarish bo‘yicha reja hamda grafiklarga muvofik ishchi va brigadirlarga
topshirikdarni belgilash, ishlab chikarishda xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, mavjud
ishlab chikarish uskunalaridan samarali foydalanishni, ularni ish bilan yuklash va
to‘g‘ri bir maromda foydalanishni ta‘minlashi kerak. Usta belgilangan texnologik
va mexnat intizomiga, ish joylarida tozalik va tartibga qatiy rioya etilishini kuzatib
bormog‘i kerak, ish joylari bo‘yicha barcha ko‘rsatmalar ustalar tomonidan
beriladi.
Usta ishlab chiqarish grafiklarini ishlab chikarishda ishtirok etadi, ishlab
chikarishni o‘z vaktida tayyorlashni va bir maromda ishlashini ta‘minlaydi. Usta
xavfsizlik texnikasi hamda ishlovchilarning mehnat muhofazasi qoidalari aniq
bajarilishi to‘g‘risida aloxdsa g‘amxo‘rlik kilishi kerak.
Smena boshlig‘i (usta)ning bevosita ixtiyorida kuyidagilar bo‘ladi: uskunani
sozlovchi va smena elektriklari, jinchilar, momiq ajratuvchilar, presschilar, paxta
uzatuvchilar, urug‘lik chigit tayyorlash, ishlab chikarish chikindilarini yig‘ish, tozalash
va qayta ishlash bo‘yicha bo‘lim brigadirlari.
Taiyorlov bo’limi paxtani qabul qilish, saqlash va tashish bilan bog‘liq ishlarga
rahbarlik qiladi. Bo‘lim vazifasi tayyorlov maskanlari va yetkazib berish bazalariga
rahbarlik, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan kontraktasiya shartnomalari tuzish,
urug‘lik chigit tayyorlash, ular bilan paxta tayyorlov maskanlarini va ular orqali paxta
yetishtiruvchilarni ta‘minlash, o‘rash xujaligini tashkil kilish, xom-ashyo va tayyor
mahsulot bo‘limi bilan birga zavodga tola ortish rejalarining bajarilishini
ta‘minlaydigan miqdor va assortimentda paxta yetkazib berish rejasini ishlab chiqish,
tayyorlov maskanlarining xo‘jalik faoliyatini nazorat kilishdan iborat.
Xom-ashyo va tayyor mahsulot bo’limi zavod xududidagi tayyorlov maskanida
paxtaning saklanishini tashkil kiladi, ishlab chiqarishga qayta ishlash uchun paxta
yuborilishini rasmiylashtiradi, ishlab chiqarishdan tola, chigit, momik va chiqindilar
kabul kilishni va tayyor mahsulotning saklanishini tashkil kiladi, paxta mahsulotlarini
iste‘molchilarga ortib jo‘natadi va tegishli xujjatlarni rasmiylashtiradi.
Reja bo’limi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat va ish haqini tashkil qilish
bilan shugulanadi, boshqa bo‘limlar va ijrochilarni jalb qilgan holda istikboliy va
yillik rejalarini ishlab chiqadi, ish haqi to‘lashni tashkil kiladi, bo‘linmalar
rahbarlariga ishlab chiqarish rejasini, xodimlar ish haki fondlarni hamda ijrochilarga
ishlab chiqarish topshirikdari va belgilangan mehnat meyorlarini yetkazadi, ishlab
chikarish rejasi va mehnat rejasi bajarilishining borishini nazorat kiladi. Reja bulimi
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini iktisodiy taxlil kiladi. Uning muxum vazifasi,
shuningdek joriy etilgan texnikaning iktisodiy samaradorligini aniklashdir.
Buxgalteriya korxona xo‘jalik faoliyatining xisob-kitobini olib boradi hamda pul
mablag‘lari va moddiy boyliklarning sarf xarajatini nazorat kiladi. Uning vazifasi -
korxonaning buxgalteriya hisobini va balanslarini olib borish va tuzish, ombor
hisob-kitobining olib borilishini hamda xisobdor moddiy jihatdan javobgar
shaxslarda saklanayottan tovar-moddiy boyliklarning holatini nazorat kilish,
tayyorlov maskanlarida hisob-kitobga rahbarlik qilish, taftish va ro‘yxatga olish
ishlarini olib boradi, moliyaviy ishlarni bajarishdir.
Texnik nazorat bo’limi (TNB) zavod mahsulotlari (paxta tolasi, chigit, momiq,
chiqindilar)ning sifatini, paxtaning turlari, navlari, sinflari va boshqa belgilar bo‘yicha
uni qabul qilish, jamlash va saqlashni, tayyorlov maskanlarida va zavod xududida
g‘aramlangan paxtaning sifatini baholashni nazorat kiladi. Bo‘limga boshliq
rahbarlik qiladi, u ayni vaqtda zavod laboratoriyasini mudiridir. TNB boshlig‘i
bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |