Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

www.ziyouz.com kutubxonasi 

3

darajada yoritildi. 



Ushbu qiyoslar, baholar «Shajarayi Xorazmshohiy» nodir tarixiy manba ekanligidan dalolatdir. 

Olimlarimiz O‘rta Osiyo, o‘zbek xalqi tarixini o‘rganish yo‘lida anchagina ishlarni amalga 

oshirdilar. Ammo. bular ulkan dengizdan bir tomchi, xolis. Hali bu sohada qilinishi zarur bo‘lgan katta 

ishlar turibdi. 

Buni asrimiznimg 20-yillaridayoq akademik V. V. Bartold his qilgan va kuyinib yozgan edi: 

«...xonliklarning birinchi manbilarga asoslanib yozilgan tarixchi obzori yo‘qdir. Bu manbalarning 

ko‘pchili, hatto bosilib chiqqan ham emas. O‘zbeklarning hukmronlik qilgan davrlari O‘rta Osiyo 

tarixining eng qorong‘i va yaxshi o‘rganilmagan davrlaridan biri bo‘lib qolmoqda» (V V. Bartold 

Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii. Izd. vtoroe, L., 1925, str. 258). 

Shundan beri mana 70 yilga yaqin vaqt o‘tganiga qaramay, hamon ushbu davr qorong‘uligicha 

qolmoqda. Nodir qo‘lyozma manbalar o‘z o‘quvchisiga yetolmay sarg‘ayib yotibdi. Bayoniyning 

«Shajarayi Xorazmshohiy» asari ham ana shular sirasiga kiradi. Unda Munis va Ogahiyning «Firdavs 

ul-iqbol» solnomalaridagi voqealar sodda uslubda qayta bayon qilinib, 1846 yildan 1873 yilgacha 

bo‘lgan voqea-hodisalar hamda 1873—1914 yillarda sodir bo‘lgan tarixiy o‘zgarishlar izchil, ta’sirli, 

ravon tilda, shoirona uslubda yangidm ifodalangan. Asardan o‘sha davr Xorazm xonligining ichki va 

tashqi siyosati, o‘zaro feodal urushlari, taxt talashshilar, ularning mash’um oqibatlari, bular tufayli xalq 

boshiga tushgan musibatlar haqida keng ma’lumot olish mumkin. Bayoniy «Shajarayi 

Xorazmshohiy»da Xiva xonligiga Chor Rossiyasi yurishlarini tasvirlar ekan, Kaufman, Golovachov, 

Skobelev kabi chor jallodlariga nafratini, mehnatkash, jafokash xalqqa nisbatan xayrxohligi, achinish 

tuyg‘ularini hayotiy tarzda ochiq ifodalaydi. Shu paytgacha Rossiyaning O‘rta Osiyoga munosabati 

turlicha talqin etib kelindi. Aslida, O‘rta Osiyo Rossiyaga tinch yo‘l bilan qo‘shib olindimi yo Rossiya 

O‘rta Osiyoni bosib oldimi? Bu voqeaning chinakam shohidi Bayoniy O‘rta Osiyo «tasxir etildi»— 

zabt etildi, bo‘ysundirildi, deb yozadi. 

Xiva xonligining Rossiya tomonidan zabt etilishi haqida «O‘zbekistop SSR tarixi» (7-8-sinf) 

darsligidagi «O‘zbekistonning Rossiyaga qo‘shib olinishi va uning progressiv ahamiyati» bobida atigi 

18 qator ma’lumot beralgan. Unda dahshatli janglar, qirg‘inlar olib kelgan iqtisodiy va ma’naviy zarar, 

qayg‘u, xalq boshiga tushgan musibat to‘g‘risida lom-mim deyilmaydi. Aslida, bu bosqinchilik haqida 

batafsil ma’lumot berilishi, tarix haqqoniy yoritilib, qayta baholanishi zarur. 

XIX asr oxirlaridayoq V. I. Lenin O‘rta Osiyo zabt etilganligi, mustamlaka mamlakatga 

aylantirilganligini juda to‘g‘ri ta’kidlagan edi: «...Rossiyaning qo‘lida Xiva bilan Buxoro bor, bular 

ham mustamlakaga o‘xshagan bir narsadir...» (V. I. Lenin, Asarlar, 25-tom, 15-bet). Haqiqatan ham, 

Xivaning zabt etilishi xon hukumatini ko‘p jihatdan cheklab qo‘ydi: «...Xiva xonligi Rossiyaning 

vassali bo‘lib qoldi va chet davlatlar bilai mustaqil munosabatlar olib borish hukuqidan maxrum etildi» 

(O‘zbekiston SSR tarixi. T., 1974, 167-bet). 

O‘rta Osiyo viloyatlarini birin-ketin egallayotgan Rossiya imperiyasining Xorazmga yurish 

boshlashiga quyidagi hodisa bahona vazifasini o‘tagan: «Bahri Xazor kenorida baliqchilik etib yurugan 

Rusiya fuqaroliridin ba’zilarini Manqishloq qazoqlaridin bir jamoa asir etib kelturub, Xevaqda sotmoq 

boshladilar. Ykki yil oradin o‘tub, asirlar yigirma birga yetdi. Hijratning mang ikki yuz sakson 

yettilanchi yilida Rusiya davlati mundin ogoh bo‘lub, elchi yuborib, ul asirlarni tiladi» («Shajarayi 

Xorazmshohiy», O‘zFA QI, 274-raqam, 452b—453a — sahifalar). 

Elchi keltirgan noma mazmuni bunday edi: «Siz jamoa bila bizlar burundin do‘stliq bila ravish etib 

yurur erduk. Alhol, eshiturmizkim, bir necha o‘g‘ri va avboshlar biz jamoadin bir necha kishini asir 

etib eltib, ul taraflarda sotg‘on ermishlar. Tavaqqu’ uldurkim, burung‘i do‘stliqning rioyasin tutub

g

 ul 



asirlarni berib yuborgaysiz. Qozonlidin ul tarafi sizning haddingiz va bu tarafi bizga mutaalluqdur. 

Mundin so‘ng aslo bir-birimizning haddimizga mutaarriz bo‘lmay, do‘stona sulukni masluk 

tutg‘aymiz. Odam avlodi aziz va mukarram jamoadurlar. Olarni chorpoy qatorlarida bozorg‘a solib 

sotmoq hech viloyatda yo‘qdur. Sizlar ham mundog‘ tini etmasangiz yaxshiroqdur. Bu so‘zlarni qabul 




Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish