Yolg’onchilik – yomon illat!
“Yolg’on va’da berish bekorga dushman orttirishdir”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
Dangasalik – illat!
“Ko’p yotish xastalik keltiradi”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
Egrilik – buzg’unchilik asosi – yomon illat!
“To’g’ri bo’lsang o’sib-o’sib gul bo’lasan,
Egri bo’lsang bora-bora kul bo’lasan”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
Minnat – jirkanch illat!
“Qilgan yaxshiligini minnat qiluvchi va kishilarga la’nat aytib yuruvchi va
og’zi beposhna hamda uyatsiz odamlar mo’min odamlar emaslar”.
(“Hadis”)
* * *
Isrofgarchilik – tejamkorlikning ofati bo’lgan illat!
“Yenglar, ichinglar, kiyininglar, sadaqa qilinglar, ammo isrof qilmanglar,
mag’rurlanmanglar!”
(“Hadis”)
Mashg’ulotingizda bolalarga illat illatni chaqirishiga yo’l qo’ymaslik, agarda
moboda ularning elementlari uchrab qolsa, (o’rtoqlarida ham uchrab qolsa ham)
darhol u haqda ota-onalari yoki ustozlari bilan maslahatlashish lozimligini
o’qtirish kerak. Ular ongiga “Aybni e’tirof etish aqlli kishining ishi” (“Otalar
so’zi”) ekanligini singdirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |