Ta’limning tarbiyalovchi xarakteri. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash
sodir bo‘ladi. Bu umumiy qoida mehnat tarbiyasi uchun ham xarakterli. Mehnat ta’limi
o‘quvchilarga mehnat tarbiyasi berish, ularni mehnatga psixologik jihatdan tayyorlash
maqsadida maktab o‘quv planiga majburiy fan sifatida kiritilgan. Shunday qilib, meh-
nat tarbiyasi muhim ta’limiy masalalardan biri sifatida qaralishi kerak. Bu masala ish
obyektlarini tanlashda, mashg‘ulotlarni tashkil qilish va hokazolarda hisobga olinadi.
O‘quvchilarning mehnat ta’limi jarayonidagi faoliyatlarining xarakteri mehnat tarbiyasi
uchun eng qulay sharoit yaratadi. Avvalo, o‘quvchilarda mehnatga ijobiy munosabat
tarkib topadi va bu o‘quvchilar o‘z topshiriqlarini katta mas’uliyat va juda ishtiyoq bi-
lan bajarishlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar unumli mehnatga qo‘shilib, jismoniy
mehnat o‘zining ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha aqliy mehnatdan qolishmasligini tushuna
boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |