46
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
yuqori bosqichga ko‘tarish.
Beshinchi yo‘nalish: Maktab va maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarini aholi
ehtiyojlarini o‘rganish asosida tashkil etish va bu orqali mamlakatimizda xususiy mak-
tablar tizimini yangi bosqichga olib chiqishga erishish.
Oltinchi yo‘nalish: Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar ya-
ratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga
olgan beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish hamda, har bir tashabbus bo‘yicha das-
turlar ishlab chiqish mexanizmalarini takomillashtirish orqali yuqori natijalarni ko‘rsatish.
Biz
buyuk mutafakkir, jadid maktabining asoschilaridan biri ma’rifatparvar olim
Abdulla Avloniy ta’biri bilan aytganda: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot,
yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan hikmatli iborasi-
ga amal qilib, ta’lim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni tizimda qo‘llash mexanizmlarini
yangi cha tarzda ishlab chiqishimiz lozim. Bu borada birgina misol keltirmoqchimiz.
So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishga
xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Unga ko‘ra, ta’lim
muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘quvchilarni har tomonlama intellek-
tual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalar-
ning ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi ularning vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini
oshirish ko‘zda tutilgan.
Har bir yosh yaxshi sharoitda ta’lim olgisi keladi. Shu ma’noda, bugun ta’lim muas-
sasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilyapti. Ta’lim-tar-
biya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2018-yil 5-sentabrda davlatimiz
rahbarining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni,
shuningdek, zamonaviy bilimga tashna yosh-
larga tahsil berayotgan o‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz
tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yildi.
Statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, 11 yillik majburiy ta’limga o‘tish na-
tijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta maxsus, ta’limi tizimi bugungi kun
talabalariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko‘rsatadi.
Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning
tajribasi asosida ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, malakali va
mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash
samaradorligini oshi-
rish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga
olish va bandligini oshirish orqali erishishimiz bu yo‘lda tinmay izlanish va natija sari
intilish talab etiladi.
Buning natijasida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alo-
hida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bi-
lim
va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi,
ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod
qalbida Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini
yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hayotga ziyrak ko‘z bilan qaraydigan, teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga
ega, iqtidorli yoshlarni kamol toptirish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
So‘nggi yillarda jamiyatni axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya
texnologiya-
larini hayot faoliyatining barcha sohasiga keng ko‘lamda tatbiq etish,
jumladan, ta’lim
47
sifatini ta’minlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan hamda xorijiy
tajribaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish masalalariga ham katta e’tibor qa-
ratilmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari taqdim
etayotgan qulayliklar
ta’lim islohotlarini olib borishda aholi turli qatlami vakillarining ishtiroki ham ta’minlan-
moqda. Bu esa, ta’lim tizimi iste’molchilarining talab va takliflarini to‘laqonli inobatga
olishga, ko‘zlangan maqsad uchun to‘g‘ri yo‘l tanlashga va strategik qarorlar qabul
qilishga ko‘maklashyapti.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizdagi milliy ta’lim tizimi olib borilayotgan islo-
hotlari, jumladan, ta’lim sifatini ta’minlash ustuvor yo‘nalish deb belgilanayotgan davr-
da ta’lim tizimining samarali me’yoriy-huquqiy asoslari yanada takomillashtirilayotga-
niga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712 farmoni
asosida ta’lim sohasida olib borilishi nazarda tutilgan ishlarni o‘zida qamragan konsep-
siyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali Prezidentimizning beshta
muhim
tashabbuslari keng ko‘lamda bajarilib, yaqin kelajakda mamlakatimizni intellektual sa-
lohiyati yuqori, ta’lim sifati jahon standartlariga to‘la javob bera oladigan, ta’lim darajasi
yuksak bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqishiga ishonchimiz komil.
Do'stlaringiz bilan baham: