109
Ikkinchidan, o‘qituvchi bunga qachon ehtiyoj tug‘ilganligini aniq bilmasligi mumkin.
Bunga talabalarning ma’ruza darslarini ma’lum qismlariga faol ishtirok etmaganliklari
sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa, oqibatda darsdan darsgacha bo‘lgan materialni o‘z-
lashtirmaslikka olib keladi. Shu ma’noda, axborot texnologiyalarini o‘quv
jarayoniga
qo‘llashda o‘quv-materiallarini elektron nusxa shaklida joriy etish o‘quvchi-talabalar va
pedagog-xodimlarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Ta’limda uzluksizlikni ta’minlash metodik tizim deb ataluvchi maqsad, mazmun,
metod, vosita, shakl kabi uning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqalarga bog‘liq.
Shu o‘rinda hozir fanlarni o‘qitish uchun tuzilgan o‘quv fanlari davr talabiga javob bera
oladimi? degan savol tug‘iladi. Ta’limda hamma vaqt mazmun va metodlar muammo-
si mavjud bo‘lib, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ta’lim metodlaridagi
muammolar “kimni qanday o‘qitamiz?” degan savol bilan bog‘liq bo‘lib, bundan ta’lim
metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. Bu ikki
muammo bir-biriga qarama-qarshilikda bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi.
O‘quvchi (talaba)larning psixologik tayyorgarliklari, fikrlash darajalari yoki olgan
bilimlarni o‘zlashtirish layoqatiga qarab, har bir ta’lim bosqichi
uchun mos mazmun va
metodlar tanlanadi. Har bir bosqichning o‘ziga xos mazmunini bayon qilish mantiq va
usullari mavjud.
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o‘quv fani (o‘quv predmeti) yaratish
va bu fanning o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Bunday o‘quv fanlari o‘quvchining
barcha talab-ehtiyojlarini qoniqtirishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar talablari asosi-
da “avval o‘qish, so‘ngra bu o‘qishga o‘rgatish uchun o‘qish” prinsipiga asoslanish,
talabaning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi darajalari, nazariy va amaliy bilimlarni
egallashda soddadan-murakkabga qoidasiga asoslangan nazorat topshiriqlarini belgi-
lash, o‘quvchilarga individual va tabaqalashgan holda yondashish kabi xususiyatlarni
hisobga olish lozim.
Metodikaning vazifalari va muammolarining to‘g‘ri hal qilinishi uchun fanlarni
o‘qitish konsepsiyalarini yaratish hamda fanlarning mazmunini
qanday izohlashdan
iborat bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki muammoning yechimini topish kerak bo‘ladi.
Fanlarning o‘qitish konsepsiyalari 80-yillarda yaratilgan. Hozirga kelib ilm-fanning ja-
dal taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi natijasida fanlarni o‘qi-
tish maqsadlari ham o‘zgarib bormoqda. Shu munosabat bilan bu konsepsiyalarni
qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Fanlarning mazmunini izohlash muammolari va
mazmuni o‘quvchi diqqatini tortishi, qiziqtirishi, nazariya bilan amaliyotning bog‘la-
nishini ta’minlashdan iborat. An’anaviy metodikada o‘quvchi shaxsining rivojlanishini
hisobga olgan holda bilimni ko‘nikmaga, undan esa malakagacha
rivojlanishiga axa-
miyat bermasligi ayon. O‘qituvchi o‘quvchiga iloji boricha o‘rganilayotgan fanning
mavzusidan ko‘proq ma’lumot berishga harakat qiladi. Shu bilan bir qatorda, o‘qi-
tuvchi axborotlarni to‘plash, ularni tanlash va qayta ishlash, o‘rganilgan (o‘rgatilgan)
axborotlarni qo‘llash kabi bilimning uchta bosqichidan iborat modeliga hamma vaqt
rioya qilavermaydi.
Keyingi navbatda, o‘quvchining bilim faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog‘o-
nasiga, ya’ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o‘tishi kerak. Shundagina bilim
ko‘nikmaga, ko‘nikma esa malakaga aylanadi.
O‘quvchi bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi:
● fanni o‘rganishga qiziqtirish;
● muammoli metodlarni qo‘llash;