www.ziyouz.com kutubxonasi
296
1074. O’n uchinchi hadis. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q va mening Allohning rasuli ekanimga
guvohlik bergan musulmon kishining qoni halol emas, faqat uch narsaning birida haloldir
(ya’ni, o‘ldirish joiz): ular oilali zinokor bo‘lsa. Nafs nafs bilan, ya’ni qasos. Jamoatdan
ajrab, dinini tark qiluvchi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1075. Un to‘rtinchi hadis. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh»,
deyishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan
urushmokqa buyurildim. Agar mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan
omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi
Alloh taologadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1076. O’n beshinchi hadis. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Islom beshta narsa ustiga qurilgandir. Ular «La ilaha illallohu va anna
Muhammadan Rasululloh» kalimasini aytish, namozni qoim qilish, zakotni berish, haj va
ramazon ro‘zasidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1077. Un oltinchi hadis. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar kishilarning da’volariga qarab berilaverganida edi, ular qavmning moli
va qonlarini da’vo qilishgan bo‘lar edi. Lekin da’vo qiluvchiga hujjat keltirish va inkor
qiluvchiga qasam ayttirish lozim bo‘ladi», dedilar. Mana shu lafz bilan hasandir. Va ikki
«Sahih» kitobida keltirilgan.
1078. O’n yettinchi hadis. Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yaxshilik va gunoh haqida so‘rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda bu zot: «Ha»,
deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan fatvo so‘ra. Yaxshilik -
nafs va qalb unga xotirjam bo‘lganidir. Gunoh - nafs xira bo‘lib, qalb beqaror bo‘lganidir.
Agar kishilar senga fatvo berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar. Imom Ahmad va
Doramiylar rivoyati.
Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik - nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo‘lishlarini
karih ko‘rganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1079. O’n sakkizinchi hadis. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam «Albatta Alloh taolo har bir narsada yaxshilik bo‘lishini yozdi.
Agar qatl qilsalaringiz, qatlni chiroyli qilinglar. Agar qurbonlik qilsalaringiz, qurbonlikni
chiroyli qilinglar. Sizlarning biringiz (qurbonlik qiladigan bo‘lsa) tig‘ini o‘tkirlab, uni
tinchitsin» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1080. O'n to‘qqizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin
yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, ko‘shnisini hurmat qilsin.
Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |