www.ziyouz.com kutubxonasi
284
1032/39. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo
qilib
«Robbi a’inniy vala tu’in ‘alayya vansurniy vala tansur ‘alayya, vamkurliy vala tamkur
‘alayya va yassir hudaya vansurniy ‘ala man bag‘o ‘alayya robbij’alniy laka shakiron,
laka zakiron laka rohiban laka mitvo’an ilayka mujiyban av muniyban taqobbal tavbatiy
vag‘sil havbatiy vaajib da’vatiy va sabbit hujjatiy vahdi qolbiy va saddid lisoniy vaslul
saxiymata qolbiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, mening foydamga yordam berib,
zararimga bermagin. Mening foydamga nusrat berib, zararimga nusrat bermagin.
Mening foydamga makr qilib, zararimga makr qilmagin. Va hidoyatda yurishimni yengil
qil hamda menga tajovuz qiladigan kimsalar zarariga menga g‘alaba ato et. Rabbim,
meni Senga shukr qiluvchi, Seni zikr qiluvchi, Sendan qo‘rquvchi, Senga itoat etuvchi,
Seni (chaqirig‘ingga) ijobat qiluvchi yoki Senga tavba qiluvchilardan et, tavbamni qabul
ayla, gunohimni yuv, duoimni ijobat qil, hujjatimni sobit qil, qalbimni hidoyat et, tilimni
mustahkam et va qalbimdan ginani sug‘urib ol.) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar
rivoyati.
Duoning arabcha matnidagi «saxiymata» kalimasining ma’nosi bu hadisda «gina-
adovat» bo‘lib kelgan. Boshqa bir hadisda «sahiymata» kalimasi «najosat» bo‘lib kelgan.
U «Kimki musulmonlar yo‘liga (saxiyma) najosat tashlasa, unga Allohning la’nati bo‘lsin»
bo‘lib kelgan.
1033/40. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu
onamizga
«Allohumma inniy as'aluka minal xoyri kullihi ‘ojilihi va ojilihi ma ‘alimtu minhu vama
lam a’lam va a’uzu bika minashsharri kullihi ‘ojilihi va ojilihi ma ‘alimtu minhu vama lam
a’lam va as'alukal jannata vama qarraba ilayha min qovlin av ‘amalin va a’uzu bika
minan nari vama qarroba ilayha min qovlin av ‘amalin va as'aluka xoyro ma sa'alaka bihi
‘abduka va rasuluka Muhammad sollallohu alayhi vasallam va a’uzu bika min sharri
masta’ozaka minhu ‘abduka va rasuluka Muhammad sollallohu alayhi vasallam va
as'aluka ma qozayta liy min amrin an taj’ala ‘oqibatahu roshada», deb aytdilar. (Allohim,
Sendan yaxshiliklarning barchasini-bu dunyodagisiyu oxiratdagisini, bilganim-u
bilmaganimni so‘rayman. Va Sening noming ila yomonliklarning barchasidan-bu
dunyodagisiyu oxiratdagisidan, bilganim-u bilmaganimdan panoh tilayman. Va Sendan
jannatni hamda unga yaqinlashtiruvchi so‘z yoki amalni so‘rayman. Va Sening noming
ila do‘zaxdan va unga yaqinlashtiruvchi so‘z yoki amaldan panoh tilayman. Quling va
rasuling Muhammad alayhissalom so‘raganlarining yaxshisini Sendan so‘rayman. Quling
va rasuling Muhammad alayhissalom panoh tilaganlarining yomonidan Sening noming ila
panoh tilayman. Va biror ishni taqdir qilsang, oqibatini to‘g‘ri qilishingni so‘rayman.)
Imom Ahmad ibn Hanbal «Musnad»larida, Ibn Moja «Sunan»larida rivoyat qilganlar.
1034/41. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi.
«Allohumma innaa nas'aluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag‘firotika, vassalamata
min kulli ismin val g‘oniymata min kulli birrin val favza biljannati van najota (bi’avnika)
minannar» ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolaridan edi. (Ma’nosi: Allohim,
rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib qiladigan narsani, har bir
gunohdan salomat bo‘lishni va har bir yaxshilikda g‘animatni hamda jannat bilan zafar
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |