327-bob Yolg‘on guvohlikning ulkan haromligi haqida
Alloh taolo: «Va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘linglar», deb aytgan (Haj surasi, 30-oyat).
Yoki «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z,
dil -bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», deb aytgan
(Isro surasi, 36-oyat).
914/1. Abu Bakra Nufay’ ibn al-Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam uch marta: «Sizlarga gunohlarning kattasi xabarini beraymi?»
deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Allohga shirk keltirmoq, ota-
onaga oq bo‘lmoq (suyanib turgan edilar, so‘ng o‘tirib olib), ogoh bo‘ling, yolgon so‘z va
yolgon guvohlik», deb takror-takror aytdilar. Biz esa: «Shoyadki, jim bo‘lsalar-ku», deb
turardik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |