www.ziyouz.com kutubxonasi
185
684/10. Solim ibn Ubayd al-Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlarida edik. Shu payt qavm orasidan bir kishi aksa urib, «Assalomu
alaykum», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uzingga hamda onangga salom
bo‘lsin», dedilar, so‘ngra «Sizlardan biringiz aksa uradigan bo‘lsa, Allohga hamd aytsin.
Uning huzuridagilar «Yarhamakumulloh», desin. Yana aksa urgan kishi «Yag‘firullohu
lana valakum», ya’ni «Alloh sizni va bizlarni mag‘firat qilsin», deb aytsin», dedilar». Abu
Dovud va Termiziylar rivoyati.
Fasl: Aksa kelgan paytda ko‘lini yoki kiyimini yo shunga o‘xshash narsalarini og‘ziga
ko‘yib, ovozini pastlatmog‘i sunnat amallardandir.
685/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
agar aksa uradigan bo‘lsalar, ko‘llari yoki kiyimlarini og‘zilariga qo‘yib, ovozlarini
pastlatardilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
686/12. Abdulloh ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta Alloh azza va jalla esnaganda va aksa urganda ovozni
balandlatganlarni yomon ko‘radi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
687/13. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Baland (ovoz ila) esnash va qattiq aksa shaytondandir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Fasl: Agar bir insonda aksa orqama-orqa takrorlanadigan bo‘lsa, toinki uch martagacha
har gal javob bermoqligi sunnatdir.
688/14. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlarida bir kishi aksa urganida «Yarhamukalloh», dedilar. Ikkinchi bor aksa
urganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi shamollab tumov bo‘lib
qolibdi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Ammo Abu Dovud va Termiziylar rivoyatida keltirilishicha, Salama ibn Akva’ aytadilar:
«Mening guvohligimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bir kishi aksa
urdi. U zot: «Yarhamukalloh», dedilar. Ikkinchi va uchinchi gal ham aksa urganda,
«Yarhamukalloh»ni aytib, «Bu kishi shamollab qolibdi», dedilar. Imom Termiziy bu
hadisni hasan sahih, dedilar.
689/15. Ubaydulloh ibn Rifo’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Aksa urganga uch bor javob beriladi. Agar uchtadan ziyoda bo‘ladigan bo‘lsa,
xohlasangiz, javob qiling, xohlamasangiz, javob qilmang», dedilar. Abu Dovud va
Termiziylar rivoyati.
Bu hadis zaifdir. Imom Termiziy so‘zlariga ko‘ra, bu hadis g‘arib bo‘lib, isnodi majhuldir.
690/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan biringiz aksa ursa, yonidagi o‘tirgan kishi javob qaytarsin. Agar uchtadan
ziyoda bo‘lsa, u shamollagandir. Uchtadan keyin javob qaytarilmaydi», dedilar.
Bu haqda ulamolar ixtilof qilishgan. Ba’zilar ikkinchisida, deyishgan, uch va
to‘rtinchisida, deganlar ham bor. Eng to‘g‘risi uchinchisidir. Buning ma’nosi - u kishi
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |