www.ziyouz.com kutubxonasi
183
221-bob Aksa urganga javob berish va esnashning hukmi
675/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta Alloh taolo aksa urganni yaxshi ko‘radi. Esnashni esa karih ko‘radi. Sizlardan
biringiz aksa urib, «Alhamdulillah», deb Allohga hamd aytsa, har bir eshitgan musulmon
kishiga «Yarhamukalloh», ya’ni «Alloh senga rahm qilsin», deb aytmog‘i shart bo‘ladi.
Ammo esnash shaytondandir. Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, qodir
bo‘lganicha uni qaytarsin. Chunki esnagan kishiga shayton kuladi», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
Ulamolar shunday deyishgan: «Vaznning yengil bo‘lishi, taomni kam va kuchsizini
iste’mol qilish aksaga sabab bo‘luvchi narsalardandir. Shuning uchun aksa maqtalgandir.
Bu tavsiya qilingan ishlardan bo‘lib, shahvatni zaiflashtirib, toatni osonlashtiradi. Esnash
esa buning aksidir».
676/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan biringiz aksa bersa,
«Alhamdulillah», desin. Yonidagi og‘aynisi yoki do‘sti
«Yarhamukalloh», desin. «Yarhamukalloh», degan kishiga
«Yahdikumullohu va yuslih bolakum», ya’ni «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh
etsin», desin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
677/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida
ikki kishi aksa urdi. Ularning biriga javob qaytardilar. Ikkinchisiga javob qaytarmadilar.
Haligi javob qaytarilmagan kishi: «Falon kishi aksa uruvdi, javob qaytardingiz. Men aksa
ursam, javob qaytarmadingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu
«Alhamdulillahi», dedi. Sen «Alhamdulillah», demading», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
678/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Sizlardan biringiz aksa urib Allohga hamd aytsa, unga javob qaytaring. Agar
hamd aytmasa (ya’ni, «Alhamdulillah», demasa), javob qaytarmang», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
679/5. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni yetti
narsaga buyurdilar va yetti narsadan qaytardilar. Buyurilgan narsalar quyidagilardir:
1. Kasalni borib ko‘rish;
2. Janozaga ergashish;
3. Aksa urgan kishiga javob qaytarish;
4. (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirgan kishiga javob qilish;
5. Salomga alik olish;
6. Mazlumga yordam berish;
7. Qasamning ustidan chiqish». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
680/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshtadir:
1. Salomga alik olish;
2. Kasalni borib ko‘rish;
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |