185-bob Safardan qaytganda aytiladigan duo
550/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men va Abu Talha Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga yo‘liqdik. Sofiya (r.a.) u zotning tuyalarida mingashib ketayotgan edilar.
Xattoki, biz Madina kiraverishiga yetib kelganimizda,
«Oyibuna, taibuna, ‘abiduna, lirobbina hamiduna», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, shu
holda biz Madinaga kirib keldik». (Ma’nosi: «Biz qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat
qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchilarmiz».) Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |