Alloh taolo Hud surasining 41-oyatida: «U dedi: «Kemaga mininglar!» Uning yurishi
ham, turishi ham Alloh nomi bilan bo‘lur» va yana Zuxruf surasining 12-oyatida: «Va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan - sizlar minadigan narsalar (paydo) qildi», deb aytdi.
535/1. Husayn ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ummatim (kema)ga minishganida
«Bismillahi majraha va mursaha, inna robbiy lag‘afurur rohiym» va «Vama qadarulloha
xaqqa qadrihi», deb aytishsa, g‘arq bo‘lib ketishdan omondadirlar», deb aytdilar.
(Ma’nosi: «Uning yurishi ham, turishi ham Alloh nomi bilan bo‘lur, albatta Parvardigorim
mag‘firatli, mehribondir» va «Ular Allohni to‘g‘ri taniy olmadilar».) Ibn Sunniy
rivoyatlari.