Muqimning musofirga yaxshi makonlarda o‘zining haqqiga duo qilishini vasiyat
etishining yaxshiligi haqida
530/1. Umar ibn Xattob (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan umra qilishga izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni
unutmagin», deb aytdilar. Ana shunda menga shunday so‘z aytdilarki, u so‘zni dunyoga
alishtirish meni xursand qilmas edi», deb aytdilar». Abu Dovud va Termiziylar
rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda esa: «Ey birodar, duoingda bizni ham sherik qilgin», deb aytdilar,
deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |