104-bob. Muqaddas shaharlarda o’lishni so’rashning mustahabligi
368/1. Hafsa binti Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Umar (r.a.):
«Allohumma urzuqniy shahadatan fiy sabiylika vaj’al mavtiy fiy baladi rosulika sollallohu
alayhi vasallam» (Allohim, meni o’zingning yo’lingda shahidlik bilan rizqlantir va
rasulingning shahrida vafot topdir), deb duo qildilar. Shunda: «Bu qandoq bo’ladi?»
dedim. Umar (r.a.): «Agar Alloh xohlasa, bo’ldiradi», dedilar». Buxoriy rivoyatlari
105-bob. Kasalni shod qiladigan so’zlar aytish mustahabligi
369/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Kasal huzuriga
kirsanglar, uning ajali haqida taskin beruvchi gaplarni aytinglar. U gap ajalini qaytara
olmasa ham, nafsiga xotirjamlik berib, xursand qiladi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar
zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |