19-bob
Makka va Madinada nozil bo'lgan suralar haqida
Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Abdurazzoq Ma'murdan, u Qatodadan rivoyat
qiladi: "Madinada Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, An'om, Anfol, Tavba, Ra'd, Nahl, Haj,
Nur, Ahzob, "Vallaziyna kafaru", Fath, Hujurot, Hadid, Mujodala, Hashr, Qitol,
Mumtahana, Saf, Jum'a, Munofiqun, Tag'obin, Taloq, Tahrim, "Va lam yakunillaziyna
kafaru", "Iza ja'a nasrulloh", "Qul huvallohu ahad" va ikki muavviza (ya'ni, Nos va
Falaq) suralari nozil bo'lgan. Boshqalari Makkada ingan". Ba'zilar An'om surasining oltita
oyati, Nahl surasining ba'zi oyatlari, "Bani Isroil"ning bir qismi, Qasos, Inson suralarining
ba'zi oyatlari, Shuaro surasining oxiri va "Val adiyat" surasi Madinada nozil bo'lgan,
deyishadi. Mujohid: "Fotihatul kitob"ni Madinada nozil bo'lgan deganlar. Ibn Abbos
Makkada tushgan deb aytganlar.
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |