14-bob Ta'lim oluvchining odobi to'g'risida Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahimahulloh) aytadilar: Ta'lim oluvchi muhtoj bo'ladigan
narsaning eng birinchisi – olgan ilmi bilan foydalanishi va o'zidan o'rganayotgan kishiga
foyda berishi uchun niyatini to'g'irlab olishdir. Agar niyatini to'g'irlamoqchi bo'lsa, to'rtta
narsani qasd qilishi lozim.
1. Ilm olish bilan johillikdan chiqishni niyat qilish. Chunki Alloh taolo:
"Ayting: "Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi?!" (Zumar, 9),
deb aytgan.
2. Ilmi bilan xalqqa foyda keltirishni niyat qilish. Chunki Payg'ambar (sollallohu alayhi
vasallam): "Insonlarning eng yaxshisi insonlarga foydasi ko'proq tegadiganidir",