3. Kurs farqlari hisobi
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar balansning valyuta moddalarini har oyi
hisobot oyining oxirgi sanasi va xo‘jalik operatsiyalarni amalga oshirish sanasida
Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi.
Qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta
moddalariga quyidagilar kiradi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablag‘lari,
shu jumladan akkreditivlar;
b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
v) chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli
investitsiyalar;
g) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar
va pul qarzlar.
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) chet el valyutasiga sotib olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy
vositalari,
nomoddiy
aktivlari,
o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital
qo‘yilmalari, tovar-moddiy qiymatliklari;
b) ustav kapitali miqdori va xo‘jalik yurituvchi sub’ektning, shuningdek
chet el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalarning ta’sischilari (qatnashchilari)
ulushlarining nisbatlari.
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga
keladigan kurs farqlari to‘g‘ri olib borish usuli qo‘llanilganda moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi
schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 9540 «Valyutalar kurslari farqidan daromadlar»
schyotining kredeti bo‘yicha;
b) salbiy kurs farqi — 9620 «Valyutalar kurslari farqidan zararlar»
schyotining debeti bo‘yicha.
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga
keladigan kurs farqlari jamg‘arish usuli qo‘llanilganda ular vujudga kelgan vaqtda
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida
quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar»
schyotining krediti bo‘yicha — ularning joriy qismi va (yoki) 7230 «Boshqa uzoq
muddatli kechiktirilgan daromadlar» schyotining krediti bo‘yicha — ularning uzoq
muddatli qismi;
b) salbiy kurs farqi — 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyotining
debeti bo‘yicha — ularning joriy qismi va (yoki) 0990 «Boshqa uzoq muddatli
kechiktirilgan xarajatlar» schyotining debeti bo‘yicha — ularning uzoq muddatli
qismi.
22. Jamg‘arish usulini qo‘llash natijasida jamg‘arilgan kurs farqlari
moliyaviy-xo‘jalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha —
ularning to‘lanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) bo‘yicha;
b) boshqa hollarda — balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik
operatsiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha.
Kurs farqlaridan vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar
va xarajatlarning joriy qismini o‘tkazish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi bo‘yicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan
daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7230 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» schyoti;
kredit 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti;
b) salbiy kurs farqi bo‘yicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan
xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyoti;
kredit 0990 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» schyoti;
Jamg‘arilgan kurs farqlarini moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijalariga
olib borish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi:
debet 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti;
kredit 9540 «Valyutalar kurslari farqidan daromadlar» schyoti;
b) salbiy kurs farqi:
debet 9620 «Valyutalar kurslari farqidan zararlar» schyoti;
kredit 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyoti.
Kurs farqlarini buxgalteriya hisobida yuritishni soddalashtirish maqsadida
kechiktirilgan daromadlar va xarajatlar schyotlarida mos ravishda aks ettirilgan
ijobiy va salbiy kurs farqlarini hisobdan chiqarishni hisobot oyining oxiridagi chet
el valyutasining bir birligiga to‘g‘ri keladigan kurs farqining o‘rtacha miqdori
bo‘yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi (kurs farqini o‘rtacha miqdori bo‘yicha
hisobdan chiqarishning shartli misoli mazkur Nizomning
ilovasida
keltirilgan).
Kurs farqlarini olib borishda qo‘llanilayotgan usullar xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
hisob siyosatini kalendar yil davomida o‘zgartirmasligi lozim.
Kurs farqlarini olib borishning jamlash usulidan to‘g‘ri olib borish usuliga
o‘tishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldin
to‘plangan kurs farqlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har
oyda (bir me’yorda) hisobdan chiqarib boriladi.
Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida o‘rnatilgan hollarda har bir
ta’sischi tomonidan ulushlarning kiritilishi Markaziy bankning ulushni kiritish
sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida o‘rnatilgan hollarda va ustav
kapitaliga ulushlar kiritish milliy valyuta — so‘mda yoki boshqa mulk shaklida
amalga oshirilganda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish
sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis
hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga
ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o‘rtasida vujudga keladigan
ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital sifatida 8420 «Ustav
kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis
hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga
ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o‘rtasida vujudga keladigan
salbiy kurs farqi buxgalteriya hisobida 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi
kurs farqi» schyotining debetida ustav kapitalini shakllanishida vujudga kelgan
oldingi ijobiy kurs farqi summasi chegarasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini
shakllantirishdagi salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan
oshgan qismi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga olib boriladi.
Chet
el
valyutasida
aks
ettirilgan
ustav
kapitali
oshirilganda
(kamaytirilganda) buxgalteriya hisobi maqsadida ustav kapitalining faqat
oshirilgan (kamaytirilgan) qismi ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar
ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha milliy valyutaga
qayta hisoblanadi.
Agar chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitalining oshirilishi
munosabati bilan ulushlar kiritish qonunchilikka muvofiq ta’sis hujjatlariga
o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa,
buxgalteriya hisobida ushbu xo‘jalik operatsiyasi ta’sischilarga qarzlarni hisobga
oluvchi schyotlar (6600)ning kreditida aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan
bog‘liqlikda aks ettiriladi.
Sug‘urta tashkilotlarida Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi
valyuta mablag‘larini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan ijobiy
kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi «Devalvatsiya uchun rezerv» schyotiga olib
boriladi. Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablag‘larini har
oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan salbiy kurs farqlari rezerv
kapitali tarkibidagi «Devalvatsiya uchun rezerv» schyotiga oldingi ijobiy kurs
farqlari summasi chegarasida kamaytirishga olib boriladi. Salbiy kurs farqi
summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat
bo‘yicha xarajatlarga olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |