2. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning
xarid qiymatini shakllantirish
Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning
(konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno)
xarid qiymati (keyingi o‘rinlarda — xarid qiymati) quyidagi formula bo‘yicha
aniqlanadi:
S = Shq + T + Bx., bu erda
S — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning
xarid qiymati;
Shq — Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish sanasidagi Markaziy bank
kursi bo‘yicha hisoblangan chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va
boshqa aktivlarning shartnoma qiymati;
T — bojxona to‘lovlari
QQS ni to‘lovchi korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan
QQS summasini xarid qiymatiga qo‘shmaydi, balki umumiy belgilangan tartibda
byudjetga to‘lashi lozim bo‘lgan QQS ni aniqlashda chegirib boradi.
QQS ni to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga
hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qo‘shadi.
O‘zining ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar hisobda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha QQS summasini qo‘shgan holda
aks ettiriladi.
Bx — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni
sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999 y., 2-son, 9-
modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to‘g‘risidagi nizomning
1.1.12-bandiga
, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya
hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) «
Tovar-moddiy zaxiralari
»ga (ro‘yxat
raqami 1595, 2006 yil 17 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2006 y., 28-29-son, 282-modda) va O‘zbekiston Respublikasi
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) «
Asosiy vositalar
»ga
(ro‘yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2004 y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.
Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni
(konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno)
xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks
ettiriladi:
a) tovar-moddiy qiymatliklar va asosiy vositalar ob’ektlarini yuk bojxona
deklaratsiyasini to‘ldirish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha kirim (qabul)
qilish:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi
schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» schyoti — qarzlarning joriy qismi yoki 7010 «Mol etkazib beruvchilar
va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti — qarzlarning uzoq muddatli
qismi;
b) bojxona to‘lovlari (import uchun QQS dan tashqari) va chetdan
keltirishda vujudga keladigan va belgilangan tartibda xarid qilish qiymatiga
qo‘shiladigan boshqa xarajatlar:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi
schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti;
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar
(6900);
v) QQS ni to‘lovchi korxonalar uchun chegirishga olib borilgan QQS
summasiga:
debet 4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari
(turlari bo‘yicha)» schyoti;
kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti;
g) QQS ni to‘lamaydigan korxonalar uchun xarid qiymatiga qo‘shilgan
QQS summasiga:
debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000) yoki tovarlarni
hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti;
d) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga
qo‘shiladigan QQS summasiga:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti.
Konsignatsiya shartnomasiga asosan chetdan keltirilgan tovarlar bo‘yicha
operatsiyalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobida quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
a) konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha chetdan keltirilgan tovarlar
konsignatorning buxgalteriya hisobida balansdan tashqari 004 «Komissiyaga qabul
qilingan tovarlar» schyotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi;
b) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo‘yicha bojxona to‘lovlari,
QQS qo‘shilgan holda hisoblanganda:
debet 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyoti;
kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti;
v) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo‘yicha QQS va bojxona
to‘lovlari bo‘yicha qarzlar to‘langanda (qoplanganda):
debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) konsignatsiya tovarlari sotilganda:
debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti
— shartnoma bahosi bo‘yicha sotilgan tovarlar summasiga hisoblangan QQS
(QQS ni to‘lovchilar uchun) qo‘shilgan holda;
kredit 9030 «Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar»
schyotikomissiya mukofotlari (rag‘batlantirish) summasiga;
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900)
— tovar invoysi va BYuD bo‘yicha sotish sanasidagi Markaziy bank kursi
bo‘yicha konsignatsiya tovari qiymatiga;
kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti
— komissiya mukofotidan kelib chiqib aniqlanadigan QQS summasiga (QQS ni
to‘lovchilari uchun).
Bir vaqtning o‘zida, sotilgan konsignatsiya tovarlari qiymatini hisobdan
chiqarish balansdan tashqari 004 «Komissiyaga qabul qilingan tovarlar»
schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
d) sotilgan konsignatsiya tovarlarining ulushiga to‘g‘ri keladigan chetdan
keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo‘yicha QQS qo‘shilgan holda bojxona
to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ushbu tovarlarni sotish paytida moliyaviy
natijalarga olib borib hisobdan chiqarish:
debet davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400);
kredit 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyoti.
Konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha olingan tovarlar konsignantga
qaytarilgan hollarda, 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyotida aks
ettirilgan bojxona to‘lovlari va QQS bo‘yicha konsignator xarajatlarining
qaytarilgan tovarlar ulushiga to‘g‘ri keladigan qismi konsignatorlarning moliyaviy
natijalariga (davr xarajatlariga) olib borib hisobdan chiqariladi;
e) xaridorlar va buyurtmachilardan pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
schyoti;
j) byudjetga QQS bo‘yicha (QQS ni to‘lovchilar uchun) qarzlar to‘langanda
(qoplanganda):
debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
z) konsignatorga qarzlar to‘langanda (qoplanganda):
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |