Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet346/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Walmarthamda Costco  larga  o’xshash  gigantlar  huddi  shu  tijorat  siri  tufayli 

dunyoga  mashxur  bo’lgan  o’z  tijorat  imperiyalarini  tashkil  qila  olganlar.  Hozirgi 

kunda  esa elektron tijoratning  asosiy  siri barcha  jarayonlarni  avtomatlashtirishdir. 

Shuning  uchun  ham  tijoratchilar  bu  haqda  ko’p  ham  gapirmaydilar.  Agarda  



Google  Trends  da  qidiruv  qilib  ko’rsangiz,  bunga  ishonch  hosil  qilishingiz 

mumkin.  Tijorat  jarayonlarini  to’liq  avtomatlashtirish  muammosini  Shopify  Plus 

ning uchta imkoniyati ma’lum darajada hal qilib bera oladi. Birinchi imkoniyat uch 

bosqichli vizual konstruktor   Shopify Flow bo’lib, u saytlardagi yoki ilovalardagi 

mijozlar  bilan  har  qanday  turdagi  muloqotni  avtomatlashtirishga  imkon  beradi. 

Shartlar,  harakatlar  va  triggerlarni  moslab  turgan  xolda  tayyor  ishchi 

jarayonlarning 

modullaridan 

foydalanib, 

siz 


o’zingizning 

mustaqil 

jarayonlaringizni  yaratishingiz  mumkin.  Ikkinchi  imkoniyat  Launchpad  bo’lib,  u 

katta miqyosdagi tijorat tadbirlarining boshqaruv markazidir. Bunga misol sifatida 

quyidagilarni  ko’rsatishimiz  mumkin:  flesh-sotuv  tadbirlari,  yangi  mahsulotlar 

chiqarish va mahsus tantanali tadbirlar o’tkazish. Bu bilan bog’liq bo’lgan ishlarni 

tadbirlar  o’tkazilishidan  ancha  avval  rejalashtirib  qo’yib,  sarf-harajatlarni  ham 

foydaga  uncha  ta’sir  qilmaydigan  qilib  aniq  hisoblab  qo’yish  mumkin.  Uchinchi 

imkoniyat  Shopify  Scripts  esa  har  bir  mijozga  individual  yondoshishni 

ta’minlovchi  avtomatik  ravishda  chegirmalar  qo’shish,  turli  to’lov  usullaridan 

foydalanish  va  yetkazib  berishning  turli  xil  variantlaridan  foydalanishga  imkon 

beradi. Skriptlarxaridorning ko’rzinasini aniq nazorat qilishni nazarda tutadi va pul 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

o’tkazmasi  vaqtida  optimizatsiya  qilishga  imkon  yaratadi.  Ushbu  uchta  funktsiya 



birgalikda  nafaqat  vaqtni  tejashga  imkon  beradi,  balki  jarayonni  oddiy  va 

tushunarli  qilib  ham  beradi.  Compo  kompaniyasining  B2B  loyiha  rahbarlarining 

aytishlaricha,  elektron  tijoratni  to’liq  avtomatlashtirish    yetkazib  beruvchi 

kompaniya  bo’limlarining  o’zaroaloqalariniavtomatizatsiyasini  ham,  zakazchik 

bilan  munosabatlarning  avtomatizatsiyasini  ham  o’ziga  qamrab  oladi.  Biznes-

jarayonlar  konstruktori  Shopify  Flow  ham  diqqatga  sazovor,  chunki  u  mavjud 

vositalar yordamida onlayn zakazlarni qayta ishlashga imkon beradi. Misol sifatida 

ko’tara  eCommerce  ning  B2B-avtomatizatsiyasini  keltirishimiz  mumkin.  Bunda 

ko’tara  internet  magazinlarning  tarmog’i  ishlab  ketishi  ucnun  yetkazib 

beruvchilarning  turli  xildagi  200  dan  ko’proq  prays-listlarni  sinxronizatsiya 

qilishga  hamda  20  mingdan  ko’proq  tovarlarni  yagona  bazaga  joylashtirishga 

to’g’ri  kelgan  (https://rb.ru/opinion/20-tysyach-tovarov-odin-servis).  Shundan 

so’nggina tizimni 1C dasturi bilan ham sinxronizatsiya qilish mumkin bo’lgan. Ish 

jarayoni  shunday  tashkil  qilinmaganda  tub  ma’nodagi  internet-savdoni  amalga 

oshirib  bolmaydi.  Tizim  tashkil  qilinganidan  so’ng,  yetkazib  beruvchilr  bilan 

ishlaydigan 12 nafar menejerlar o’rniga baza bilan ishlaydigan birgina mutaxassis 

qolgan, xolos. Bundan tashqari, tizimda narxlarning avtomatik monitoringi amalga 

oshadi, tovarlar bor-yo’qligi haqida operativ ma’lumotlar olish mumkin bo’ladi va 

ushbu  yagona  bazaning  boshqa  internet-magazinlarga  ham  tarqalishi  amalga 

oshadi.  Bizning  bozorda  elektron  maneken  deb  nomlanadigan  Mercaux  servisi 

ko’p ishlatilmaydi, ammo uni  Benetton, Loriblue va Kiko Milano kompaniyalari 

o’z  brendlarini  oflayn  va  onlayn  sotishda  faol  tarzda  ishlatadilar.  Mobil  ilova 

borligi tufayli oflayn magazinlarning sotuvchilari, dizaynerlari, modellar uylari va 

feshn-nashrlar  istalgan  paytda  assortiment  haqidagi,  konkret  tovarning  omborda 

bor-yo’qligi  haqidagi  ma’lumotlarni  olish  imkoniga  ega  bo’ladilar.  Servis  orqali 

foydalanuvchilar  turli  magazinlardan  eng  modali  tovarlarni  ko’rishlari  va  sotib 

olishlari mumkin.  

 

Internet  magazinlarni  to’laqonli  avtomatlashtirish  uchun  maksimal  sondagi 



ma’lumotlardan  foydalanish  kerak,  shu  jumladan,  haridlar  tarixi,  mijozlarning 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

magazinlarga  tashrifi  va  ular  qancha  vaqt  bo’lgani,  nimalarni  chamalab  ko’rgani, 



qaysi  polkalar  oldida  ko’proq  turib  qolgani,  internetdagi  faolligi,  layklari, 

repostlari,  fotolari,  qiziqishlari,  yoshi,  jinsi,  qayerda  ko’proq  bo’lishligi  -  uydami 

yoki  ishxonada  hamda  daromadi.  Yuqori  darajada  moslashuvchan  IT-

infratuzilmasisiz bu ishlarni amalga oshirish ancha qiyin bo’ladi. Bunda bir qancha 

uskunalardan  foydalanish  talab  etiladi,  shu  jumladan,  wi-fi-analitika,  ibeacon, 

chakana  savdo  punktida  mijozning  chexrasini  tanigan  xolda  uning  barcha 

harakatlarini  tanib  olish  va  fiksatsiya  qilish,  onlaynning  barcha  imkoniyalaridan 

foydalangan  xolda  ishlay  oladigan  mobil  kassa,  magazinlarning  reklama 

imkoniyalaridan  foydalana  olish,  talabni  bashorat  qilish  maqsadida  sun’iy 

intellektdan foydalna olish va boshqalar. Internet savdo maydonlaridan foydalanish 

tufayli, iste’molchilar tovarlar va xizmatlar harid qilish uchun oldin orzu ham qilib 

bo’lmaydigan 

imkoniyatlarga 

ega 


bo’ladilar. 

Masalan, 

smartfondan 

foydalanishning  o’zigina  hisobsiz  va  unikal  savdo  takliflari  bilan  tanishishga 

yordam  beradi.  Web-saytlar,  mobil  ilovalar,  ijtimoiy  saytlardan  to  radio, 

televidenie  hamda  qog’oz  kitoblargacha  bo’lgan  turli-tuman  marketing  kanallari 

elektron  savdoga  o’zlarining  bir  aniq  auditoriyasini  va  mijozlarini  jalb  qiladilar. 

Shuning  uchun  ham,  turli  ommaviy  axborot  vositalaridagi  turli  kompaniyalar 

barcha iste’molchilar bilan samarador muloqot qilish uchun birgalikda ishlashlari 

kerak bo’ladi. RJMetrics ning izlanishlari shuni ko’ratdiki, o’z rivojlanishiga faol 

investitsiya  qiluvchi  elektron  tijorat  kompaniyalari  o’z  yangi  mijozlarini  oddiy 

kompaniyalarga  nizbatan  3,5  barobar  tezroq  topadilar.  Lekin  kelajak  mul’tikanal 

turidagi  elektron  savdoda  ekanligi  ko’pchilik  uchun  katta  sir  emas.  Javelin 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish