undan 60 milliondan ko’proq dollar mablag’ni o’girlashga erishdilar. Natijada 5
darajada smart-kontraktlarni legallashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi.
texnopark tokenlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha loyihalarni
hayotga tadbiq qilish uchun mo’ljallangan tajriba maydoni hisoblanadi. Mamlakat
prezidentining bildirishicha, dekret respublikada information texnologiyalari,
yaratish, ularni almashtirish, saqlash, joylashtirish, sotib olish hamda kriptobirjalar
va kriptovalyutalar platformalari faoliyatiga doir hech qanday chegaralashlar va
mahsus talablarni nazarda tutmaydi. Yuqori texnologiyalar parkining bildirishicha
elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojni ancha oshiradi, chunki mayning juda ham
katta elektr energiyasini talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatda nisbatan
arzon elektr energiya ishlab chiqarishga imkon beradigan atom elektr stantsiyalari
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Rossiyada ham kriptovalyutalar bozorida ishlovchilar soni borgan sari oshib
bormoqda.2017 yilning dekabr oyi boshida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro
ham mamlakatda 100 mln ElPetro kriptovalyutasini chiqarish haqida topshiriq
bergan. Ushbu kriptovalyuta mamlakatda chiqarilayotgan neft bilan ta’minlanadi –
ya’ni 1ElPetro 1 barrel neft narxiga teng bo’ladi. Mamlakat rahbarining fikricha,
ElPetro Venesuelaning “
pul suvereniteti” ni ta’minlab berishi va pul oqimi hamda
investitsitsiyalarni ko’paytirishi kerak. Boshqa barcha kriptovalyutalardan farqli
o’laroq, bu kriptovalyuta VenesuelaningAyakucho neft konidagi 5 milliard barrel
neft bilan ta’minlanadi.Agarda kriptovalyuta loyihasi muvaffaqiyatsizlikka
uchrasa, har bir kriptovalyuta egasi bir barrel (yoki bir bochqa) neft egasi bo’ladi.
Hozirgi narxlarda bu 60 dollar degani. 2018 yil 20 fevralda sotuvga chiqarilgan bu
kriptovalyuta birinchi kunningo’zidayoq 735 mlndollarlik sotildi, bir hafta ichida
esa bu miqdor 1 milliard dollarga yetdi. Muvaffaqiyatdan ruhlangan loyihachilar
endi PetroGold kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayptilar – bu kriptovalyuta
esa oltin bilan ta’minlanadi. Agarda loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, Petro
ning kapitalizatsiyasi 6 milliard evroga yetishi mumkin. Frankfurt moliya va
menejment maktabining professori Philipp Sandnerning fikricha, virtual bozordagi
bu kriptovalyuta material boylik bilan ta’minlangan bo’lgani uchun bitkoinga
nisbatan ancha stabil bo’lishi mumkin. Karakasdagi mas’ullarning fikrlaricha,
ularning o’z mustaqil kriptovalyutalari halqaro valyuta bozorlari bilan yaqindan
muloqot qilishga imkon beradi va chet ellardan moliyaviy mablag’larni jalb qila
oladi. Har qanday xolatda ham ElPetro kriptovalyutasi chiqarishni virtual
dunyodagi bir tajriba sifatida qabul qilsh mumkin. Agar bu yondoshuv o’zining
samaradorligini ko’rsatsa, boshqa mamlakatlar ham iqtisodiyotni rivojlantirish
uchun bu tajribadan foydalanishlari mumkin bo’ladi. Evropada ham bunday
jarayonlar davom etmoqda, masalan, Buyuk Britaniya o’z kriptovalyutasini
chiqarishni rejalashtirayapti. Bu kriptovalyuta Britaniya funt-sterlingi bilan bog’liq
bo’lib, markaziy bankning fikricha, u banklar o’rnini bosishi mumkin.