lozim. Shifrlash algoritmlari bir necha yillar davomida yaratiladigan va
sozlanadigan matematik funktsiyadir. Ba’zi bir algoritmlar barchaga ma’lum
hech qachon ma’lum qilinmaydi. Yuqoridagi algoritmlarda kalit – ma’lumot
mo’ljallangan va konfidentsial turlarga bo’linadi. Foydalanuvchi o’z shart-
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
sharoitlaridan kelib chiqib va qo’yilgan talablarga qarab unisini yoki bunisini
o’z faoliyatida ishlatishi mumkin. Shifrlash usullarining esa ikki asosiy turi
mavjud: simmetrik kalitli shifrlash va ochiq kalitli shifrlash tizimlari. Bir
qancha sabablarga ko’ra, simmetrik kalitli shifrlash usullaridan oldinroq
foydalanila boshlangan. Uning amalga oshirilishi uchun ma’lumotlarni
shifrlash va deshifrlash maqsadlarida bittagina kalit ishlatiladi. Bu kalitdan
ikki shaxs orasida ma’lumot almashinish uchun foydalaniladi. Agarda
ma’lumot almashinish jarayonida bir nechta inson ishtirok etsa, u xolda
ularning har biri ma’lumot almashinuvchi shaxslar biladigan o’z shaxsiy
kalitlariga ega bo’lishlari lozim. Shuning uchun ham bu xolda ma’lumot
almashinishda ishtirok etadigan shaxslar soni ortib borishi bilan kalitlar soni
ham geometrik progressiya tezligida osha boshlaydi. Bu xolda bir vaqtning
o’zida ikki kishi bitta kalitga egalik qilgani uchun u yoki bu xujjatni
jo’natuvchi kim ekanligini aniqlashning yoki identifikatsiya qilishning
imkoniyati bo’lmaydi. Simmetrik shifrlashning eng ko’p ishlatiladigan
protokoli 1976 yilda
AQSH davlati tomonidan kritik bo’lmagan
informatsionmassivlarini himoya qilish uchun ishlatishga mo’ljallangan
kriptografik standart – RC4 (Rivest shipher 4) va DES (Data Encryption
Standart) hisoblanadi. Shifrlashning chidamliligi foydalaniladigan kalitning
ham chidamlilik darajasiga bog’liq bo’ladi. Chidamlilik ikki ko’rsatgich
orqali – kalitning uzunligi va uning tasodifiylilik darajasi bilan aniqlanadi.
Kalit qanchalik uzun bo’lsa, uni hisoblab topish ham shincha murakkab
bo’ladi. Lekin ma’lumotlar havfsizligini ta’minlashda asosiysi kalitning
chidamliligi ham emas, bunda asosiy muammo – kalitning havfsiz
saqlanishidir. Ya’ni kalitni olmoqchi bo’lgan potentsial o’g’ri undan
foydalana olmasligi lozim. Mahfiy kalitning himoyasini ta’minlash uchun uni
generatsiya qilish, saqlash, almashinish va himoyalashni juda yaxshi amalga
oshirish kerak bo’ladi. Havfsizlik tizimlarining ko’pchilik turlarida
kalitlarsaqlashning apparat modullarida (HSM – Hardware Storage Module)
yoki smart kartalarda saqlanadi. Bu amal mantiqiy/kriptografik himoya bilan