tizimlarining tahlili va ularning ishonchlilini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan
foydalanish bilan shug’ullanadigan amaliy qismlardan iborat. Ma’lumotlarni
himoya qiladigan shifrlar juda ham ishonchli bo’lishi lozim, ya’ni, ular
shifrlashni buzishga bo’lgan urinishlarga nisbatan o’ta bardoshli bo’lishi
kerak. Shifrning ishonchliligini asoslash uchun uni ochishga ketadigan ish
hajmini chamalash zarur. Bunda agar shifr kalitini topish uchun ketadigan
vaqt ma’lumotlarning foydali ravishda ishlatiladigan vaqt intervalidan ko’p
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo’lsagina, bunday shifr ishonchi deb hisoblaniladi. Lekin shifrlash bo’yicha
yirik olim K.Shennonga ko’ra, shifrlanayotgan informatsiya hajmiga teng
bo’lgan uzunlikdagi kalitli shifrgina absolyut ishonchli shifr hisoblanadi.
Boshqa barcha shifrlarni ochish mumkin, ammo bunda gap buning uchun
kerakli bo’lgan texnik vositalar quvvati va deshifrlash uchun ketadigan
vaqtga bog’liq bo’ladi. Jamiyatdagi ma’lumotlar hajmi kam miqdorda
bo’lganida unchalik murakkab bo’lmagan shifrlarni ishlatish yetarli bo’lgan.
Ma’lumotlar hajmining ko’payib borishi bilan yanada murakkabroq shifrlarni
ishlatish zaruriyati paydo bo’lib, ma’lumotlarni shifrovka qilish uchun bu
sohaga mahsus o’qitilgan insonlar – shifrovkachilarjalb qilina boshlandi.
Keyinchalik, ma’lumotlar hajmi juda ham ko’payib, rasshifrovkani insonlar
bajara olmaydigan xolat yuz bergani tufayli, bu ishni bajara oladigan
mexanik va elektorn qurilmalar yaratildi. Komp’yuterlar paydo bo’lganidan
so’ng esa ma’lumotlarni shifrovka va rasshifrovka qilishning yanada
zamonaviy va o’ta murakkab usullari paydo bo’ldi va ular turli sohalarda
keng miqyosda ishlatilina boshlandi. Kompyuterlar yordamida endi nafaqat
ma’lumotlar himoyasi, balki yangi muammolar ham hosil qilina boshlandi,
Masalan, elektron xujjat almashinishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan
elektron imzo ham ishlatilina boshlandi. Chunki endi elektron pochta
imkoniyatlari moliyaviy hujjatlarni va konfidentsial ma’lumotlari uzatishda
ham
ishlatila
boshlandi.
Elektron
tijorat
ham
ma’lumotlarning
konfidentsalligini ta’minlovchi, autentifikatsiya qiluvchu va kirishni
boshqaruvchi vositalarni talab qiladi. Raqamli pullar, kriptovalyutalar, ICO
lar hamda ularning tokenlari va raqamli valyuta almashtirish shahobc halari
ham elektron himoyaning samarador vositalarini talab qiladi. Xuddi shunday
texnik va dasturiy vositalar sifatida ham zamonaviy kriptografik himoya
usullardan
foydalaniladi.
Kriptografiyadan
foydalanish
quyidagilarni
ta’minlab beradi:
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Konfidentsiallilik – bu informatsiyaning saqlanishida va uzatilishida
ma’lumotlarni ruhsat berilmagan o’qishdan himoya qilishdir. Bu
shirflash orqali amalga oshiriladi;
Ma’lumotlardan foydalanishning nazorati – informatsiyadan faqatgina
ruxsat berilgan insonlar foydalana olishi kerak;
Autentifikatsiya – ma’lumot uzatuvchi kimliginai aniq bilish
imkoniyati. Buni elektron raqamli imzo va sertifikat amalga oshirib
beradi;
Butunlilik – informatsiyaning saqlanish va uzatilish jarayonida
ruxsatsiz o’zgartirila olinmasligi. Bu talab elektron raqamli imzo va
imitohimoya orqali bajariladi;
Informatsiyadan voz kecha olmaslik – bu ma’lumot uzatuvchining o’zi
jo’natgan ma’lumotlardan tonmasligini ta’minlab beradi. Bu ham
elektron raqamli imzo va sertifikat orqali ta’minlanadi.
Endi elektron raqamli imzo hosil qilishda ishlatiladigan bir qancha
ommabop algoritmlarni ko’rib chiqamiz. Muloqotdagi ikkala tomon
shifrlangan ma’lumotlarni o’zaro almashina olishlari uchun ular ishlatadigan
algoritm va kalit (komp’yuter texnikasi ishlatilganda kalit bu son yoki
Do'stlaringiz bilan baham: